Loyihani boshqarish Reja Delphi loyihasi. Loyihani boshqarish Delphi loihasi. Delphining ixtiyoriy loihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan uchtasi loiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini ko'pincha o'zgartirmaydilar. Ular quyidagilar: Loihaning bosh fayli, dastlab PROJECT1.DPR deb nomlanadi. Dasturning dastlabki moduli unit, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl UNIT1.PAS deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan, MAIN.PAS. Bosh forma fayli jimlik qoidasiga binoan UNIT1.DFM deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko'rinishi haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi. PROJECT1.RES fayli avtomatik holda yaratiladi va loiha uchun belgini saqlaydi. PROJECT1.OPT fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda qo'llagan o'rnatmalaringizni saqlaydi. PROJECT1.DSK fayli ishchi sohaning holati haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi. Albatta loiha nomini o'zgartiriganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o'zgaradi. Dastur kompilyatsiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo'ladi: DCU - tayyor modullar. EXE - ishchi fayl. DSM - dasturning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o'chirish tavsiya qilinadi. ~PA, ~DP - backup. - muharrirning vaqtinchalik fayllari. Menyuning File bo'limi Loihaning fayllari bilan ishlash uchun File menyusini tanlang. File menyusi quyidagicha tuzilgan: 10-rasm. Fayl menyusi ko'rinishi Ko'rib turganingizday bu yerda beshta bo'lim mavjud: Birinchi bo'lim loiha bilan to'liq ishlashga mo'ljallangan. Ikkinchi bo'lim loihaning formalari, modullari va qismlari ustidan nazoratga mo'ljallangan. Uchinchi bo'lim loihaga fayllarni qo'shish va olib tashlash uchun xizmat qiladi. To'rtinchi bo'lim chop qilishni boshqaradi. Beshinchi bo'lim Delphidan chiqish. File menyusining har bir bo'limi yordam tizimida izohlangan bo'lganligi uchun ularga to'xtab o'tirmaymiz. Bularni ko'rish uchun File menyusini tanlab, F1 tugmasini bosing. 11-rasm Delphida File menyusidan foydalanish haqidagi yordam. Loihani boshqarish Endi siz Fayl menyusi yordamida loiha yaratishni o'rganib oldingiz va lohani boshqaruvchi Loihalar Menejmenti sharhiga o'tsak bo'ladi. Loihalar Menedjeri ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qism boshqaruvchi tugmalar va undan pastdagi ikkinchi qismda loiha tarkibiga kiruvchi modullar nomi va ularning diskdagi o'rni ko'rsatilgan. 12-rasm. Loihalar menedjeri. Siz boshqaruvchi tugmalar yordamida loihaga yangi fayllarni qo'shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Bu o'zgarishlash dastlabki faylga o'zgartirishlar kiritadi, yani loihaga yangi modul qo'shilsa unga yo'llanma DPR kengaytmali faylda avtomatik holda yoziladi Menyu bo'limlari sharhi Menyuning File bo'limini yuqorida ko'rib o'tdik. Quyida menbning - Edit, Search, View va Compile bo'limlarini qisqacha ko'rib o'tamiz. Menyuning Edit bo'limi Edit menyusi Undo va Redo buyruqlarini saqlaydi, ular muharrirda ishlayotganda bexosdan qilingan xatolardan (masalan, matnnig kerakli qismi o'chirib yuborildi) voz kechishga mo'ljallangan. Cut, Copy, Paste va Delete buyruqlari Windowsning boshqa dasturlaridagi kabi, lekin ularni faqat matnlarga emas, balki, obyektlarga ham qullash mumkin. Bring ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.02 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.02 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: doc