Diagnostikalash kattaliklarini o'lchash usullari, diagnostikalash modellar Reja: 1 O'zgartirgichni asosiy turlari. 2 Mexanik chiqish signalli sezgir elementlar. 3 Pnevmatik chiqish signalli sezgir elementlar. 4 Elektron chiqish signalli sezgir elementlar 5 Pezoo'zgartirgichni xususiyatlari 6 Tenzorezistorlarni xususiyati 7 Elektron qarshiligi namlik o'zgarishiga bog'liq sezgir elementlar 8. Namlik o'lchagichni xususiyati. 9. Fototranzistorni va fotodiodni xususiyati. 10. Termorezistorlar 11. Qarshilik termorezistorlarni xususiyati 12. Qarshiligi o'zgaruvchan boshqa sezgir elementlar 13. Termoanemometrlar 14. ITI da datchiklar va moslamalarni qo'llash 15. Elektrik bo'lmagan kattaliklarni elektr usullari bilan o'lchash. 16 Kuchni va bosimni o'lchash 17 Titrashni va tezlanishni o'lchash 18. Kuchaytirgichlar va ostsillograflar 19. Tajriba grafiklarini yozuvchi va ko'rsatuvchi asboblar 20 Elektron ostsillograflar 1 O'zgartirgichni asosiy turlari. O'lchashda o'zgartirishlarni bevosita (neposredstvenno) amalga oshirish mumkin, shu bilan sezgir element o'lchanayotgan fizik kattalikni keyingi ishlab chiqarishga yaroqli kattalikka o'zgartiradi (masalan, pezoelektrik usul bilan kuchlarni o'lchashda). Boshqa hollarda sezgir element ishlab chiqargan siljishlar keyinchalik elektrikaviy yoki pnevmatik kattalikka o'zgartiriladi. Bu holda mexano-elektrikaviy o'zgartirishdan oldin o'lchanayotgan fizik kattalikni mexano-mexanikaviy o'zgartirish bo'ladi. Konkret o'lchash usullarini keyinchalik ta'riflashda bu masalalar to'laroq yoritiladi. 2 Mexanik chiqish signalli sezgir elementlar. Ko'p hollarda mexano-elektrikaviy o'lchaydigan o'zgartirgichdan oldin masshtabni yoki kattalik turini mexano-mexanikaviy o'zgartirgichni ko'yish lozim. Temperaturani o'lchashda ko'pincha temperaturani siljishga o'zgartiradigan sezgir element qo'llanadi (issiqlik ta'sirida cho'zilish hisobiga), keyinchalik elektrik usulda o'lchanadi. Misol sifatida bimetalli va manometrikaviy temperaturani sezadigan elementlarni keltirish mumkin. Kuchlanishlar va cho'zilishlar, ularni mexanikaviy vibrator chastotasiga ta'siri bo'yicha aniqlanishi mumkin (simli tenzometr va bosimni simli o'lchagich). Ushbu printspda gazlarni zichligini o'lchash asoslangan (zichlikni kamertonli o'lchagich). 3 Pnevmatik chiqish signalli sezgir elementlar. Suv sathini gidrostatik (pezometrik) usuli bilan o'lchaganda suvning ichidan to'xtovsiz gaz puflanadi. Gazning bosimi suv sathini o'lchovi bo'ladi. Bu o'zgartirgichda kirish kattaligi suv sathi bo'ladi, chiqish kattaligi esa gazning bosimi bo'ladi. Ular mexanik yoki elektrik usullar yordamida o'lchanadilar. Gazlar va suyuqliklar sarfi bosimlarini farqlanish usuli yordamida o'lchashda rostlash qurilmaning oldida va ketida bo'lgan bosimlarning farqi sarf o'lchami bo'ladi. O'zgartirgichni kirish fizikaviy kattaligi muhitni sarfi bo'ladi, chiqish - bosimni aniqlashda xar qanday usullar yordamida o'lchash mumkin bo'lgan bosimlarning farqi. 4 Elektron chiqish signalli sezgir elementlar Aktiv sezgir elementlar. Pezoelektron sezgir elementlar. Pezoelektron sezgir elementlarni ishlash prinsipi elastik deformatsiya ta'sirida bir xil kristallarning yuzalarida elektrostatik zaryadlar hosil bo'lishiga asoslangan. Ushbu pezo-S°KT nomli zaryad kvarts, turmalin, segnetli tuz, titan bariyasi va boshqa moddalar kristallida hosil bo'ladi. Pezoelektron sezgir elementlar tez o'zgaradigan jarayonlarni nazorat qilish imkonini beradi, chunki zaryadlar hosil bo'lishi inertsiyasiz bo'ladi. O'lchash ishlari uchun ko'pincha past temperaturali sezgirlikka va yuqori elastiklikka (8-1010 Nm2) ega kvarts ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:14:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:14 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx