Dinamik dasturlash haqida tushuncha. Optimallik prinsipi

Dinamik dasturlash haqida tushuncha. Optimallik prinsipi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dinamik dasturlash haqida tushuncha. Optimallik prinsipi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Dinamik dasturlash haqida tushuncha. Boshqariluvchi jarayonlar haqida tushuncha. Optimallik prinsip iva shartli optimal yechim. Dinamik dasturlashga xos masalaning qo'yilishi, uning MM. Dinamik dasturlash masalasining umumiy qo'yilishi. Chiziqli va chiziqsiz dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayon vaqtga bog'liq emas deb qaraladi, shuning uchun masalaning optimal yechimi rejalashtirishning faqat bir davri uchun topiladi. Bunday masalalar bir bosqichli masalalar nomi bilan ataladi. Dinamik dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayon vaqtga bog'liq bo'ladi hamda butun jarayonning optimal rivojini ta'minlovchi bir qator (ketma-ket har bir vaqt davri uchun) optimal yechimlar topiladi. Dinamik dasturlash masalalari ko'p bosqichli yoki ko'p qadamli deb ataladi. Dinamik dasturlash - vaqtga bog'liq va ko'p bosqichli boshqariluvchi iqtisodiy jarayonlarni optimal rejalashtirish usullarini o'rganuvchi matematik dasturlashning bir bo'limidir. Agar iqtisodiy jarayonning kechishiga ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lsa, bunday jarayon boshqariluvchi deb ataladi. Jarayoning kechishiga ta'sir etish uchun qabul qilinuvchi qarorlar (yechimlar) to'plamiga boshqarish deb ataladi. Iqtisodiy jarayonlarda boshqarish rejalashtirishning har bir davrida vositalarni taqsimlash, mablag' ajratish, direktiv hujjatlar qabul qilish va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, ixtiyoriy korxonaning ishlab chiqarish-boshqariluvchi jarayondir, chunki u ishlab chiqarish vositalarining tarkibi, xom ashyo ta'minoti hajmi, moliyaviy mablag'lar miqdori va hokazo bilan aniqlanadi. Rejalashtirish davridagi har bir yil boshida xom ashyo bilan ta'minlash, ishlab chiqarish jihozlarini almashtirish, ko'shimcha mablag'lar miqdori haqida qarorlar to'plami boshqarishdan iboratdir. Bir qarashda, eng ko'p miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaga mumkin bo'lgan vositalarning hammasini berish va ishlab chiqarish jihozlaridan (stanoklaridan, texnikadan va h.k. lardan) to'la foydalanish zarurdek tuyuladi. Lekin, bu jihozlarni tezda eskirishiga (ishdan chiqishga) va natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin. Demak, korxonaning faoliyatini, noma'qul effektlardan holi bo'lgan ravishda eskirgan jihozlarni almashtirish yoki o'rnini to'ldirish choralari belgilanishi lozim bo'ladi. Bu esa dastlabki davrda mahsulot kamaytirsa, keyingi davrlarda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, yuqoridagi iqtisodiy jarayon, har bir davrda uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi, bir qancha davrlardan iborat deb qaralishi mumkin. Odatda davr sifatida xo'jalik yili olinadi. Ko'p bosqichli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishda, har bir alohida oraliq bosqichda qaror qabul qilishda, butun jarayonning tub maqsadi ko'zlanadi. Butun jarayonning yechimi o'zaro bog'langan yechimlar ketma-ketligidan iborat bo'ladi. O'zaro bog'langan bunday yechimlar ketma-ketligi strategiya deb ataladi. Oldindan tanlangan kriteriyga nisbatan eng yaxshi natijani ta'minlovchi strategiya optimal strategiya deb ataladi. Ko'p bosqichli rejalashtirishda har bir oraliq rejalashtirishda yechimini tanlashda butun jarayonning tub maqsadini ko'zlab yechimni tanlash prinsipi optimallik prinsipi deb ataladi. Optimallashtirish masalalarini dinamik dasturlash usullari bilan yechishdan har bir oraliq bosqichda qabul qilingan yechim butun jarayonning kelajakdagi holatiga qanday ta'sir ko'rsatishini hisobga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.12 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.12 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga