Disklar bilan ishlash. Skanerlash, defragmentatsiyalash, tozalash, formatlash, mantiqiy qisimlarni yaratish va o'chirish

Disklar bilan ishlash. Skanerlash, defragmentatsiyalash, tozalash, formatlash, mantiqiy qisimlarni yaratish va o'chirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Disklar bilan ishlash. Skanerlash, defragmentatsiyalash, tozalash, formatlash, mantiqiy qisimlarni yaratish va o'chirish - rasmi

Material tavsifi

Disklar bilan ishlash skanerlash defragmentasiyalash tozalash formatlash mantiqiy qisimlarni yaratish va o'chirish Reja: 1. Disklar bilan ishlash - skanerlash. 2. Disklarni defragmenasiyalash, tozalash, formatlash. 3. Mantiqiy qismlarni yaratish va o'chirish. Disklarni bo'laklarga bo'lish dasturi. Disklarni bir necha bo'laklarga bo'lishingiz yoki uning ustuda turli operatsiyalar olib borishingiz mumkin buning uchun biz AcronisDisk dasturidan foydalanishni keltirib o'taman dastur quyudagi ko'rinishga ega 1-rasm. rasm 1. Bu dastur orqali kerakli diskni tanlab Изменит' размер тома bo'limi orqali amalga oshirasiz 2-rasm. . Disk maksimal 3,75 gb teng uni 2 ta ma'lumot 1,60 gb da mavjud 2,145 gb mavjud bo'lmagan ma'lumga bo'lib tasdiqladi bunda ixtiyoriy bo'lakka bo'lib olishingiz mumkin. Diskni formatlab istalgan bo'lakka bo'lishingiz mumkin.Amalni bajarib bo'lgandan so'ng Выполнит'buyrug'i orqali jarayonni yakunlaysiz. Bu dastur bundan tashqari diskni formatlash, disklarni bitta diskka keltirish, disk nomini o'zgartirish, tipinig razdelini o'zgartirish va disk uchun turli amallar bajarishi mumkin. Ma'lumotlarni Saqlash Vositalari Bilan Ishlash. - Magnitli ma'lumot saqlash vositalari - qattiq disk (vinchester), strimmer, yumshoq magnitli disketalar; - Optik ma'lumot saqlash vositalari - CD va DVD kompakt disklar va ular bilan ishlaydigan qurilmalar; - Magnito-optik qurilmalar - ZIP, JAZ va boshqa turdagi vositalar. Kompyuterdagi barcha ma'lumot va dasturlar qattiq disk - vinchesterda saqlanadi. U sistema bloki ichiga mustahkam o'rnatilgan bo'lib, uni bitta joydan ikkinchi joyga olib yurish tavsiya qilinmaydi. Agarda ma'lumotlarni boshqa joyga ko'chirish kerak bo'lsa quyidagi usullar yordamida bu vazifani amalga oshirish mumkin: - Lokal tarmoq orqali; - Modem orqali; - Elektron pochta yordamida; - Kompyuterda CD-RW yoki DVD-RW qurilmasi o'rnatilgan bo'lsa, CD-R, CD-RW, DVD-R, DVD-RW disklariga yozish yo'li bilan; - Kompyuterda disk yuritgich o'rnatilgan bo'lsa, magnit disketalar yordamida; - Kompyuterda USB bog'lami ishlaydigan bo'lsa, maxsus vosita Flash xotira yordamida. Kompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish. Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko'proq ma'lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo'lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil etadi, ya'ni unga taxminan 500 marta ko'proq ma'lumot yoziladi. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD ROM (Compact disk Read Only Memory) Drive o'rnatilgan bo'lishi kerak. Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompakt diskni qurilmaga o'rnatish kerak. Buning uchun CD ROM qurilmasining OpenEject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o'rnatib, OpenEject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma'lumotlarni o'qish jarayoni boshlanadi. Windows operasion sistemasida o'rnatilgan diskdagi ma'lumotlar turini aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi: Taklif oynasining mazmuni o'rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog'liq bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.04 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 429.04 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga