Distributivlar - rasmi

Material tavsifi

Distributivlar Bugungi kunda Linuxni o'rnatish va sozlashda kelib chiqadigan texnik muammolar kamayib bormoqda. Asosiy savollardan biri: qaysi distributiv xar kungi masalalarni yechishda ko'proq to'g'ri keladi. Bu bo'limda distributiv tanlash metodlari ko'rib o'tiladi. Linuxni tezroq sinab ko'rishni istaganlar maxsus Live CD distributiv haqida ma'lumotlarni bilib oladilar. Distributivlarning kompakt diskidagi fayllariDistributiv bilan tanishish, uning kompakt diskidagi fayllarni ko'rish bilan boshlanadi. OpenSUSE11.1 distributivi kompakt diskining fayllar tizimi rasm 3.1. da keltirilgan.Kompakt diskning fayl tizimi xalqaro standart tomonidan qabul qilingan ISO9660 bo'lganligi sababli, biz uning fayllarini ko'rish imkoniniyatiga egamiz. suse katalogida Linuxning asosiy o'rnatiladigan fayllari joylashgan. (rasm 3.2.) Shuning uchun xam uning xajmi 3,68 Gbayt.Rasm 3.2.suse katalogining ichida i586, i686, noarch, setup kataloglari mavjud (rasm 3.3.).Shundan ma'lumki, openSUSE11.1 i586 va undan yuqori protsessorli kompyuterlarda ishlash uchun mo'ljallangan. i586, i686, noarch kataloglarida rpm paketlari joylashgan. Asosiy rpm paketlar i586 va noarch kataloglarida joylashgan. i686 katalogida i686 protsessor uchun mo'ljallangan fayllar mavjud. noarch katalogida protsessor turiga bo'g'liq bo'lmagan rpmpaketlar joylashgan.Linux o'rnatilish jarayonida ishlash uchun etarli bo'lgan paketlar oldindan tanlangan bo'ladi. Lekin o'rnatish jarayonida o'zingizga kerakli bo'lgan paketlarni o'zingiz alohida tanlashingiz mumkin.Windows OT ning kompakt diskida, faqat OT o'rnatilishi uchun kerak bo'ladigan fayllar va qo'shimcha dasturlar bo'ladi. Qolgan kerakli dasturlarni, masalan Microsoft Office ni alohida diskdan o'rnatishingiz kerak. Linux diski esa nafaqat Microsoft Office o'rnini bosuvchi OpenOffice dasturini, balki dastur tuzish dasturlari, tarmoq dasturlari, administrator uchun kerak bo'ladigan dasturar, Web, FTP, SSH, Samba server dasturlari, musiqa eshitish, video ko'rish va turli xil o'yinlarni o'z tarkibiga olgan bo'ladi.26Rasm 3.3.Distributivlarning bir-biridan farqlari.Albatta OpenSUSE11.1 distributivi diskining fayl va kataloglar tuzilishi va tarkibi boshqa bir distributiv diskining fayl va kataloglar tuzilishi va tarkibidan farq qiladi. Buning sababi shiki, xar bir distributivni ustida alohida, bir-biridan mustaqil ravishda kompaniya yoki dasturchilar guruhi ish olib boradi.Distributivlarni 3 ta katta guruhga bo'lish qabul qilingan:Red Hat guruhi (Red Hat, Fedora Project, Mandrake)Debian GNU Linux (Debian GNU Linux, StormLinux)Slackware guruhi (Slackware, SuSe Linux) LinuxLinks.com ( ww.linuxlinks.com ) saytida Linuxning ko'pgina distributivlarning web saytlari adreslari keltirilgan. Distribution bo'limida distributivlarning qisqacha xarakteristikalar keltirilgan. Floppy kategoriyasida 2-3 ta floppy diskga sig'adigan Linux distrbutivlari keltirilgan. Bu distrbutivlar deyarli MS DOS tizimi imkoniniyatlariga ega.Debian GNU Linux distrbutivi turli xil mamlakatlarda yashovchi dasturchilar kommandasi tomonidan yaratilib rivojlantirilmoqda. Debian professionallar uchun mo'ljallangan bo'lib, 27ishonchliligi jihatidan yuqori o'rinni egallaydi.Fedora Project, Red Hat ning ochiq versiyasi hisoblanadi. Ko'pchilik distrbutivilar Fedora asosida yaratilgan.Mandrake Linux xam Red Hat versiyasi asosida yaratilgan, hozirgi kunda mustaqil loyxaga aylangan.Xotira xajmini hisoblashLinuxni o'rnatish uchun vinchesterda qancha joy kerak ? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.99 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga