Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar

Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar - rasmi

Material tavsifi

Dolzarb operatsion tizimlar va qobiqlar Reja: 1. Dos faylli tizimi 2. Ms dos operacion tizimi 3. Windows 95 operatsion tizimi Operacion tizimlar - dasturli ta'minotning foydalanuvchi kompyuterda ishlaganda uning interfeysini aniqlovchi muhim qismidir. Interfeys foydalanuvchiga nisbatan do'stona munosabatda bo'lishi lozim va bu nuqtai nazardan foydalanuvchining mashina bilan muloqatining uchta darajasi to'g'risida gapirish mumkin: buyruqli interfeys - foydalanuvchi operacion tizimning fayl tizimini va buyruqlarini etarlicha bilishi kerak va ularni displey еkranida bor bo'lgan buyruq qatoriga klaviaturadan kirita bilishi kerak; bunday interfeys bevosita MS DOS tomonidan ta'minlanadi; matnli menyu ko'rinishdagi interfeys - foydalanuvchi ko'p sonli menyularda mo'ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni ularning nomlanishi bo'yicha tanlay bilishi kerak (odatda ingliz tilida); bu tipdagi interfeys OT ning ko'pgina qobiqlarida, xususan, еng ommaviy Norton Commander qobig'ida amalga oshiriladi; grafik menyu ko'rinishdagi interfeys - foydalanuvchi ko'p sonli menyularda va instrumentlar panelida mo'ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar va fayllarni, odatda ularning nomlanishi bo'yicha ko'rsatadigan shartli grafik belgilar bo'yicha tanlay bilishi kerak; bu tipdagi interfeysni grafikli interfeysli tizimlar (Windows 3.1) va grafik interfeysli operacion tizimlar (Windows 95, Windows NT) tomonidan ishlatiladi. Quyida MS DOS va Windows 95 operacion tizimlari to'g'risida asosiy ma'lumotlar bayon qilinadi, ular foydalanuvchiga kompyuter bilan savodli muloqat qilish uchun kerak, Norton Commander qobig'i to'g'risida ham qisqacha ma'lumot beriladi. YUqoridagi aytib o'tilgan operacion tizimlarning tashkiliy asosi DOS faylli tizimidir. DOS FAYLLI TIZIMI Kompyuterda ishlashda foydalanuvchn amalda faqat fayllar bilan o'zaro ishlaganligi uchun faylli tizimning tashkil еtilishi bilan batafsilroq tanishib chiqish lozim. Fayllar, ularning turlari va tashkil еtilishi Fayl - bu axborotni tashqi tashuvchilardagi nomlangan qiymatlar yig'indisidir. SHK da fayl tushunchasi asosan disklarda (kamroq kassetali magnit lentasida) saqlanayotgan qiymatlar uchun qo'llaniladi va shuning uchun fayllar shu axborot tashuvchilardagi xotira uchastkasi (soxasi, maydoni) bilan bir-biriga tenglashtiriladi. Fayllarda saqlanayotgan qiymatlar - bu algoritmik yoki mashina tilidagi dasturlar; dasturning ishlashi uchun boshlang'ich qiymatlar yoki dasturlarning bajarilish natijalari; ixtiyoriy matnlar; kodlangan tasvirlar va sh.o'. DOS dagi fayl tushunchasi qiymatlar massivi bilan ishlaydigan tashqi qurilmalarda va kompyuter bloklarida: printer, klaviatura, displey, tezkor xotira (virtual disklar) va b. umumlashadi. Faylli tizim - DOS ning fayllar ustida operaciyalar bajarilishini ta'minlaydigan funkcional qismidir. DOS fayllarni ikki xil formatga (shaklga): ikkilik va matnli fayllarga ajratadi. Ikkilik fayl odatda qayd qilingan uzunlikdagi mantiqiy yozuvlarda gURO'hlangan baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Ikkilik fayllarda bajariladigan dasturlar va qiymatlar ichki ko'rinishda (ikkilik, kodli) saqlanadi. Bajariladigan dasturli fayllar ularni bajarish uchun ishga tushirilganda aniq bir strukturaga еga bo'lishi kerak, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.98 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.98 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga