Domenlar 2011 yil yakuniga kelib mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 8 milliondan oshdi. Bu kattagina auditoriya sohada rejalashtirilgan loyihalarning amalga oshishi barobarida kengayib boraveradi. Yana bir fakt: milliy o'z domenida davlat organi va xo'jalik boshqaruvi idoralari rasmiy veb-saytlari orqali 350ga yaqin turdagi interaktiv xizmatlar yo'lga qo'yilgan. Endi savol tug'iladi. Bir tomondan hukumatimiz davlat axborot resurslari ochiqligini ta'minlash, xususan, davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi idoralari, hokimiyatlar rasmiy veb-saytlari orqali xizmatlar taqdim etishni takomillashtirishga e'tibor kuchaytirayotgan, yana bir tomondan fuqarolarimiz onlayn xizmatlarga o'rganib-odatlanib borayotgan bugungi kunda internet bozorining davlat sektorida talab va taklif qay ahvolda? Davlat organlari veb-saytlari Milliy ww.o'z qidiruv tizimiga murojaat qilamiz. o'z domen hududida 11ta vazirlik, 11ta davlat qo'mitasi, yettitadan turli agentlik, inspeksiya va markazlar, shuningdek, hokimiyatlar va yana bir qator davlat organlari rasmiy veb-saytlari ishlayapti. Davlat soliq qo'mitasi (soliq.o'z), Elektron hisobot (e-hisobot.o'z) va O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali (gov.o'z) saytlari kunlik tashriflar (xostlar) va uni sahifalash (xitlar) ko'rsatkichi bo'yicha davlat organlari saytlari orasida yetakchi uchlikni band etib turibdi (3233-109735; 3138-158624; 2488-10980). Bu uch sayt o'z domeni umumiy reytingida muvofiq ravishda 41, 42 va 51-pog'onalarda joylashgan (2012 yil 31 yanvar). Umumiy reyting yetakchi o'nligidan o'z-kino.com, Torg.o'z, OLAM.o'z, Lyrics.o'z, Mover.o'z, TAS-IX.NET, NNM.o'z, UFF.o'z, MyTube, o'z-Translations kabi saytlar o'rin olgan. Bularning naq yettitasi mediakontentga asoslangan ko'ngilochar saytlar, qolganlari futbol, til o'rganish, oldi-sotdi yo'nalishlaridadir. E'tiborli tomoni, ularga bir kunda o'rtacha 8 mingdan 17 mingtagacha internet foydalanuvchisi tashrif buyuradi. Saytlarni o'rganish davomida milliy internet segmentida o'zimiz uchun hali ma'lum bo'lmagan qirralarni kashf etib, ba'zi bir an'analar shakllanganiga ham guvoh bo'ldik. Hammasi ostonadan boshlanadi Oddiy internet foydalanuvchilari uchun savol: siz ma'lum bir mavzuni topish uchun qaysi usuldan foydalanasiz - internet-qidiruv tizimi (Google, Yandex va hk.)ga murojaat qilasizmi yoki bir yo'la brauzerning internet manzili (URL-adres) ko'rsatiladigan joyga Apple.com, Microsoft.com singari tegishli manzilni kiritib tezkor foydalanishni ma'qul ko'rasizmi? Bizningcha, o'zining, vaqtiyu naqdining qadriga yetadiganlar ikkinchi yo'lni tanlashadi. Ayniqsa, gap muayan muassasa, tashkilot va oddiy foydalanuvchi haqida borayotganda bu juda muhim. Domen nomini tanlashda yozilmagan bir oltin qoida bor: nom qisqa va tushunarli bo'lishi shart. Xorijning istalgan nomdor kompaniyalari saytiga kirsangiz bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz. An'analar birinchi galda aksariyat vazirlik, davlat qo'mitalari va boshqa idoralar rasmiy veb-saytlari nomlanishi va ularning bosh sahifasi rus tilida ochilishida namoyon bo'ladi: ww.minzdrav.o'z, ww.mf.o'z, ww.minjust.o'z, ww.gki.o'z va boshqa-boshqalar (bu masalani gazetamizning 2010 yil 19 fevraldagi 8-sonida ham yoritganmiz). Nazarimizda, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (agro.o'z), Davlat soliq qo'mitasi (soliq.o'z), O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (standart.o'z) veb-manzillari foydalanuvchilar uchun qulaylik tug'diradi. Albatta, bu ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc