Egiluvchan magnit disklardagi yig'uvchilar

Egiluvchan magnit disklardagi yig'uvchilar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Egiluvchan magnit disklardagi yig'uvchilar - rasmi

Material tavsifi

Egiluvchan magnit disklardagi yig'uvchilar Egiluvchan magnit diskda (EMD) magnit qatlami egiluvchan asosga yurgiziladi. ShK da ishlatiladigan EMD 5,25 va 3,5 form-faktorga ega bo'ladi. EMD sig'imi 180 Kbaytdan 2,88 Mbaytgacha oraliqda bo'ladi. 5,25 dyuym diametrli zich e'giluvchan konvertga joylashtiriladi, 3,5 dyumlisi esa changdan va mexanik buzilishlardan himoya qilish uchun plastmassali kassetaga o'rnatiladi. Tuzilish jihatdan 133 mm diametrli disketa egiluvchan plastikdan (lavsandan ) tayyorlanadi, u eyilishga chidamli ferrolak bilan qoplanadi va g'ilof - konvertga joylashtiriladi. Disketa 2 ta kesilgan joyga e'ga: diskovod bilan ulanish uchun markaziy teshik va EMD dagi hamma yo'lkalar boshlanishining radius-vektorini aniqlovchi markazdan siljitilgan uncha katta bo'lmagan teshik (odatda g'ilof bilai berkitilgan). G'ilof ham bir necha kesilgan joyga ega: markaziy, u disketadagi teshikdan ozgina kattaroq; o'qiydigan va yozadigan magnit kallaklar uchun keng oyna va yopishqoq lenta bilan berkitilgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yon tomondagi kesik joy, u, masalan, disketani ma'lumotlarni yozishdan va o'chirishdan himoya qiladi. 89 mm diametrli disketa qattiqroq tuzilishga ega, tashqi ta'sirlardan yanada sinchiklab himoya qilingan (disketa yuzasini buzilishlardan saqlash uchun ma'lumotlarni o'qish-yozish oynasi ishchi bo'lmagan holatda prujinali parda bilan berkitilgan), lekin taxminan huddi o'sha tuzilish elementlariga egadir. Bu disketalardagi yozishni inkor qilish rejimi disketani burchaklaridan birida joylashgan maxsus qayta ulagich bilan o'rnatiladi. Oxirgi yillarda teflon qoplamali (misol Verbutum Data Life Plus) disketalar paydo bo'ldi, bu qoplama magnit qoplamani va unga yozilgan ma'lumotlarni kir, chang, suv, yog', barmoq izlaridan va hattoki atseton tipidagi erituvchilardan himoya qiladi. 3,5 dyuymli Data Life Plus disketalarining imkoni bor sig'imi - 2,88 Mbayt. Rossiyada Vezdexod nomi bilan tarqalgan 60 anywhere disketalarini ham eslatib o'tish kerak - ular ham turli xil tashqi ta'sirlarga: harorat, namlik, changlanganlikka, chidamlilikka egadir. Har bir disketa bilan ishlashning boshlanishida uni formatlash kerak. Disketani formatlash - bu uning yuzasiga ma'lumotlarni yozish strukturasini yaratishdir: yo'lkalarni, sektorlarni belgilash, markerlarni va boshqa ish ma'lumotlarini yozish. Formatlashning mumkin bo'lgan varianti disketa tipiga bog'liqdir (uning konvertida qo'yiladigan belgilar) : SSSD - bir tomonlama (single sides), birlangan zichlikli (single density) SSDD bir tomonlama, ikkilangan zichlikli (double density); DSSD - ikki tomonlama (double sides), birlangan zichlikli; DSDD - ikki tomonlama, ikkilangan zichlikli; DSHD - ikki tomonlama, eng katta sig'imni ta'minlaydigan yuqori zichlikli (high density). Disketa bilan muomala qilishni aniq bir qoidalariga rioya qilish kerak, chunonchi: disketani egmaslik kerak; diskning magnit qoplamiga qo'l bilan teginmaslik kerak; disketa magnit maydon ta'siriga uchramasligi kerak; disketani qog'oz konvertda musbat qaroratda saqlash kerak; disketaga yelimlangan yorliqqa yozuvlarni bosmasdan qalam bilan bajarish kerak; disketani faqat himoya konvertining bir burchagidan olish kerak; disketani yuvmaslik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 190.23 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 190.23 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga