Ehm-larning tipik uzellari. Registrlar. Ularning funksional Sxemalari va ishlash prinsiplari. Reja: 1. EHMlarning tipik uzellari tomonidan bajaradigan amallar Registrlar va ularning asosiy vazifalari Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar Siljitish registrlari Reversiv siljituvchi registr EHMlarning tipik uzellari tomonidan bajaradigan amallar Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementlar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Raqamli qurilmalarning operatsion elementlari yoki uzellari kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi: O'rnatish-malum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o'rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish. Uzatish va qabul qilish - bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish. Siljish - kod razryadining holatini oldingisiga nisbatan o'zgartirish. Hisob - ikkilik kodni operatsion elementning kirish yo'liga impuls berish yo'li bilan oshirish yoki kamaytirish. Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o'zgartirish. Taqsimod - signallarni adres bo'yicha ko'p manbalardan bittasiga yoki bittasidan ko'p manbalarga uzatish. Qo'shish-ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig'indisini topish. Ushbu elementar operatsiyalar EHMlarning asosiy uzellari yoki operatsion elementlari tomonidan bajariladi. Ularga registrlar, hisoblagichlar, kod o'zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, summatorlar kiradi. 2. Registrlar va ularning asosiy vazifalari Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir. Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog'liqdir. Registrlar quyidagi amallarni bajaradi: Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o'rnatish. Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish. Boshqa qurilmaga kodni uzatish. Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o'ngga siljitish. Ketma-ket kodni parallel kodga o'zgartirish va aksincha. To'g'ri kodni teskari yoki qo'shimcha kodga o'zgartirish va aksincha. Mantiqiy amallarni bajarish. Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo'linadi. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini ko'rib chiqamiz. Bunday registr asinxron RS- triggerlardan hamda «VA» mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Axborotni registrga yozish uchun a1, a2,, an shinalardan ikkilik kod registrga uzatiladi va «Priyom informatsii» boshqaruvchi signal berilgan taqdirdagina ushbu ikkilik kod registrga yoziladi. Registrga axborotni yozishdan oldin «Ustanovka 0 Sbros» nomli boshqaruvchi signal yordamida registr tozalanadi. Registrning chiqish yo'llaridan to'g'ri kodni olish uchun «Vidacha pryamogo koda» boshqaruvchi signal beriladi. Registrning chiqish yo'llaridan teskari kodni olish uchun «Vidacha inversnogo koda» boshqaruvchi signal beriladi. Ushbu chizmada registrning vaqt diagrammasi ifodalangan. Unda kirish va chiqish signallarining taktlar bo'yicha o'zaro bog'liqligi hamda boshqaruvchi signallarning ta'siri ko'rsatilgan. 4. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc