EHM ning dasturiy tamitoti. Operatsion sistemalar. Operatsion sistemaning asosiy turlari Reja: EHM ning dasturiy tamitoti MS DOSning tashkil etuvchilari MS DOS buyruqlari tavsifi Fayl va katalog tushunchalari EHM dan foydalanuvchi ishining samarali bo'lishiga qaratilgan har qanday dastur yoki usul EHM ning matematik ta'minotiga kiradi. EHM ning matematik ta'minoti uning dasturli ta'minoti ham deyiladi. Hozirgi kunda EHM matematik ta'minotining asosini operatsion sistemalar (OS) tashkil qiladi. Operatsion tizim -bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqatni o'rnatish tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqatni o'rnatish, har-xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta'minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS- DOS va WINDOWS dasturlari. Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlaridir. OS ning asosiy vazifalari: - foydalanuvchining masalasini EHM ga kiritish va bajarish. Masalani echilish jarayonini nazorat qilish va bajarish. - avariya holatlariga barham berish, - EHM resurslarini masalalar o'rtasida unumli taqsimlash, yani EHMni ishsiz qolishiga yul qo'ymaslik; Shunday qilib,OC ning asosiy vazifasi odam va hisoblash mashinasi o'rtasida muloqatni ta'minlashdan iboratdir. Demak, operatsion sistema kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi Shunday bir dasturdirki,bu dastur foydalanuvchi va EHM bilan muloqat qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi,uning barcha qurilmalarini ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi axborotlarning o'qish yoki axborotlarni disketaga yig'ish, amaliy dasturlarni ishga tushirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga ehtiyoj borligining asosiy sababi shundaki, uning dasturlarisiz bu kabi ishlarni, bajarish uchun quyi bosqichdagi yuzlab yoki minglab elementar amallarni bajarishga to'g'ri keladi. Demak, OS EHM dasturli ta'minotining bir qismi bo'lib , EHM imkoniyatlarini taqsimlashni boshqaradi. Kompyuterlar texnikaviy holatiga qura ularda operatsion sistema turlicha bo'ladi. Dasturli ta'minot tashqi qurilmalarni apparatli asos sifatida ishlatsa,operatsion sistema esa dasturli ta'minot amallarini dasturlarni asos qilib ishlatiladi. Qanday vazifalarni bajarishdan qatiy nazar operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'lishi shart: 1.Ishonchlilik; 2.Himoyalash; 3.Samaradorlik; 4.Oldindan aniqlash xususiyati; 5.Qulaylilik; MS DOSning tashkil etuvchilari. MS DOS operatsion sistema quyidagi qismlardan iborat: 1.Kiritish - chiqarish sistemasi (BIOS): EHM ning doimiy xotirasiga joylashtirilgan bo'lib , operatsion sistemaning axborotni kiritish va chiqarish amallari bilan bog'liq xizmatlarni bajaradi. 2.Operatsion sistemasini yuklovchi dastur (IPL): diskning maxsus birinchi sektoriga joylashgan bo'lib ,asosiy vazifasi DOSni EHMning tezkor xotirasiga yuklash. 3. IO.SYS va MSDOS.SYS dasturlari diskda joylashgan bo'lib , murakkab kiritish - chiqarish amallarini bajaradi. Disk fayllari ro'yxatining oddiy ko'rinishida ularning ikkalasi ham ko'rinmaydi. (Mazkur fayllarning nomlari OS versiyasiga ko'ra o'zgacha bo'lishi ham mumkin, (masalan IBMBIO.COM va IBMDOS. COM). Bu fayllar EHM xotirasiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.5 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.5 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc