EHMlarda axborotni tashuvchi vositalar

EHMlarda axborotni tashuvchi vositalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
EHMlarda axborotni tashuvchi vositalar - rasmi

Material tavsifi

EHM larda axborotni tashuvchi vositalar Reja: Kirish Asosiy qism: Axborotlarni qayta ishlash Kompyuterlarda axbrotlarni kodlash Kompyuterlarda axbrotlarni qayta ishlash A (25,9), V (28,9), S (23,9) - massivlarda har bir guruh baholaridan tuzilgan ma'lumotlar bo'lsin, faqat a'lo ni va a'lo va yaxshi nj baholarida o'qiydigan talabalar sonini aniqlash dasturini tuzing Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iqtisodiyotimizning barcha sohalarida samarali ishni tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr axborot asri deb atalmoqda. Jamiyatimizning rivojlangan kishisi bo'lish uchun bugungi axborot asrida informatika va axborot texnologiyalarini puxta egallamog'i lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar, o'z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni qayta ishlovchi vositalar va ularni ishlatish uslibiyotini bilish va ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan, Kadrlar tayorlash milliy dasturi da Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb takidlangan. Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning qonuniyatlarini o'rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo'lib, ma'lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to'plash, qidirish va iste'molchiga berishgacha bo'lgan jarayonlarni o'zida aks ettiradi. Informatika atamasi lotincha «informatic» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish kabi ma'nolarni anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer sciene (Kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimiga mos keladi. Asosiy qism Axborot deganda atrof muhit oby'ektlari va hodisalari, ularning o'lchamlari, xususiyatlari va holatlari to'g'risidagi ma'lumotlar tushuniladi. Axborot so'zi lotincha «informasiya» so'ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma'nolarni bildiradi. Axborot bu - biz barcha sezgi a'zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma'lumotlar to'plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar haqidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Shuning uchun axborotni kitoblarda, jurnallarda, yozuvimizda, o'zaro muloqotimizda, radio va televideniyelar kabilarda uchratish mumkin. U quyidagi uchta muhim sifatga ega bo'lishi lozim: Axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi lozim, ya'ni axborot to'liqlik sifatiga ega bo'lishi lozim. Axborot ma'lum ma'noda qiymatli bo'lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Axborot ishonchli bo'lishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug'ilmaydi. Informatika va axborot texnologiyalari fanida bundan tashqari algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya, axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham mavjud. Bu tushunchalar mazmuni quyidagi mulohazalarda keltirilgan: Biror masalani kompyuterda xal qilish kerak bo'lsa, masalani dastlab yechish ketma-ketligini so'z yoki grafik shaklda yoziladi, ya'ni masalaning algoritmi tuziladi. Masalaga tuzilgan algoritmni kompyuter tushunadigan ko'rsatmalar va qonunqoidalar asosida yozish dastur deb ataladi. Kompyuter uchun masalaga dastur tuzish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 328.8 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 328.8 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga