EXMni dasturli boshqarish algoritm va ularning turlari Reja: EXMda masalaning yechishning asosiy bosqichlari. MS DOS operatsion sistemasi. Fayl va kataloglar. Norton Commander (NC) dasturi. EXMni dasturli boshqarish. Elektron hisoblash Mashinalari fakat inson tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajaradi xolos. Inson tomonidan berilgan ko'rsatmalar ketma-ketligi EXM uchun dastur yoki dastur deyiladi. Dastur EXM uchun tushunarli tilida yozilishi kerak. 1-Elektron hisoblash Mashinalari uchun dasturlar ikkili kodlash asosida tuzilgan. Bu til mashina tili deyiladi. Masaslan: Mashina tilida. A + 9 ifodaning dasturi 01001001010110011001 Keyinchalik yuqori darajali dasturlash tillari yaratilgan. Masalan: Beysik, Paskal, Fortran, Kobal va xakazo. Universal tillarda yozilgan dasturlarni translyator deb ataluvchi maxsus dastur EXMga tushunarli bo'lgan mashina tiliga o'tkazib beradi. Translator - tarjimon. EXM uchun tuzilgan dasturlarni ikki sinfga ajratsa bo'ladi: Sistema dasturlar (tizimli dasturlar). Amaliy dasturlar. Sistemali dasturlarga EXM ishini boshqaruvchi dasturlar, shu jumladan operatsion sistema dasturlari kiradi. Amaliy dasturlarga kompyuterdan foydalanuvchilar tomonidan tuzilgan dasturlar kiradi. Algoritm - bu qo'yilgan masalani yechish uchun bajarishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligi haqidagi aniq qoidalardir. Bir masalani yechish, maqsadga erishish uchun bajarilishi kerak bo'lgan aniq ko'rsatmalar, buyruklar, amallar ketma-ketligi algoritm deyiladi. Bunda ketma ket bajariladigan amallar algoritm kadamlari deyiladi. Arab rakamlari, unlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalarini IX asrda o'zbek matematigi al-Xorazmiy kiritgan. Al-Xorazmiyning Dediki al-Xorazmiy degan so'z bilan boshlangan Arifmetika kitobi lotin tiliga Dixit Algorithmi deb tarjima qilingan. Lotin talaffuzida al-Xorazmiy so'zi buzilib Algorizm deb ishlatilgan, sungra esa Algoritm bo'lib ketganligi fanda 1849 yili J.Reno tomonidan isbotlangan. Algoritmlar uchta asosiy shartga buysunishi kerak: Bir qiymatlilik; Ommaviylik; Natijaviylik. Bir qiymatlilik- bu qoidalarning aniq va umum tushunarli bo'lishidir. Algoritmdagi amallar kim bajarishdan katiy nazar, bir xil bajarilishi kerak. Ommaviylik- algoritm fakat birgina konkret masalani emas, balki, butun bir masalalar sinfini yechish uchun xizmat qiladi. Natijaviyligi- bazida algoritmning yo'naltirilganligi deyladi. Bu xossa masalani yechish algoritmi algoritm jarayonining chekli kadamdan keyin tuxtash va tuxtaganda natija berishidir. Algoritm formulalar, jadvallar blok sxema va bayoniy shakllarda berilishi mumkin. Algoritmni yozish usullaridan biri blok sxema bo'lib, u algoritmning malum geometrik shakllar yordamida yozilishidir. Xar bir geometrik shakl (blok) malum manoni anglatadi. Bloklar o'zaro kursatgichlar (strelkalar) orqali boglanadi va kursatgichning yo'nalishi algoritmning bajarilish ketma ketligini belgilaydi. Blok sxemalar dastur tuzuvchilar uchun eng kerakli algoritmdir. Blok sxemalarda boshlash, ma'lumotlarni kiritish, ekranga chiqarish, bosmaga olish, modifikatsiya (takrorlanish), shartli bloklar bo'lishi mumkin. Blok sxema algoritm tuzuvchi uchun dastur tuzilishini yakkol tasavvur qilishning yaxshi usulidir. Blok sxemada ishlatiladigan ayrim bloklarni shaklini keltiramiz. EXMda masalaning yechishning asosiy bosqichlari. EXM bilan bevosita ishlashdan oldin qanday bosqichlarni bajarish kerakligini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.12 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
40.12 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: docx