EHMning asosiy, qo'shimcha qurilmalari va turlari

EHMning asosiy, qo'shimcha qurilmalari va turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
EHMning asosiy, qo'shimcha qurilmalari va turlari - rasmi

Material tavsifi

EHMning asosiy, qo'shimcha qurilmalari va turlari Reja: Protsessor Mikroprosessor Klaviatura tugmalari imkoniyatlari. Printerlar Shaxsiy kompyuterning qo'shimcha qurilmalari Qo'shimcha integral mikrosxemalar ShK konstruksiyasi elementlari Iqtisodiy hisoblash sistemasi, jumladan EHM ikki qismdan: texnik va matematik ta'minotdan iborat. EHM ning texnik qismi deganda ixtieriy fizik qurilma yoki uning qismi tushuniladi. Markaziy protsessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalari kabilar EHM ning texnik qismiga kiradi. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari. Hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining eng asosiy qurilmalari quyidagilardan tashkil topadi: protsessor,monitor, klaviatura, printer. Kompyuterning NOTEBOOK turi kichik hajmga ega bo'lib, unda protsessor klaviatura ostiga bekitilgan bo'ladi, monitor esa klaviatura qopqog'i shaklida qilingan. Bu komyuter kitobga o'xshashdir. Masalan, SOLO,S120 kompyuteri o'lchami 51*300*224 mm va og'irligi maxsus elektr quvvati bilan birga 3,5 kg. Bu kompyuter odatdagi kompyuter kabi ishlaydi. Zarur holda NOTEBOOK ni boshqa qo'shimcha qurilmalar bilan ulash mumkin. Hozirgi kunda NOTEBOOK lar 6 soat mobaynida ishlash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ulardan keng foydalanilmoqda. Protsessor. Protsessor esa asosiy qurilma bo'lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hoka'zolar joylashadi. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi: Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo'lishi mumkin. Operativ xotira protsessor uchun zarur bo'lgan programmalar va ma'lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar o'chiriladi. Qattiq diskdagi programma va ma'lumotlar o'chiriladi. Qattiq diskdagi programma va ma'lumotlarni doimo saqlaydi. Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va hoka'zolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi. Kiritish -chiqarish porti orqali protsessor bilan ma'lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma'lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, sichqoncha ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Mikroprosessor Mikroprosessor (MP) ShK ning markaziy bloki bo'lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo'ljallangan. Mikroprosessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi. Boshqarish qurilmasi (Bq): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi. Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) - sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo'ljallangan (ShK larning bazi modellarida amallarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 93.18 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 93.18 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga