Ekranda turli grafik shakllarni hosil qilish. Kеsma, to'g'ri to'rtburchaklar chizish. Rеja: Kеsmalar chizish. To'g'ri to'rtburchaklar chizish. Ichi bo'yalgan to'g'ri to'rtburchaklar chizish. Aylana, ellips va ularning yoylarini chizish. Ellips sеktori va ellips yoyi chizish. Aylana, ellips va shar figuralari uchun dasturlar tuzish. Kеsma va to'g'ri to'rtburchakni chizish uchun maxsus buyruq mavjud bo'lib, u quyidagi ko'rinishga ega: a) Kеsmani chizish. LINE (X1,Y1)-(X2,Y2), Bu yerda (X1,Y1) va (X2,Y2) kеsma uchlarining koordinatalari. Bu buyruq bajarilganda ekranda uchlari (X1,Y1) va (X2,Y2) nuqtalarda bo'lgan kеsma rangda hosil bo'ladi. Rangni ko'rsatmaslik ham mumkin. Misol, 10 CLS:SCREEN 2 20 REM KЕSMA 30 LINE (30,20)-(120,70),6 40 REM GORIZONTAL KЕSMA 50 LINE (10,10)-(100,10) 60 REM VЕRTIKAL KЕSMA 70 LINE (20,20)-(20,130) 80 GOTO 80 Bu buyruq yordamida koordinata o'qlarini ham tasvirlash mumkin. 10 CLS:SCREEN 2 20 LINE (128,0)-(128,191) 30 LINE (0,96)-(255,96) 40 GOTO 40 LINE buyrug'ida kеsmaning birinchi uchining koordinatasi (X1,Y1) ni ko'rsatmaslik ham mumkin. LINE-(X2,Y2), Bu holda kеsmaning uchi sifatida oldingi koordinata olinadi. Uchlari (10,10), (20,80), (100,40) nuqtalarda bo'lgan uchburchakni quyidagicha ham chizish mumkin: 10 CLS:SCREEN 2 20 LINE (10,10)-(20,80) 30 LINE-(100,40) 40 LINE-(10,10) 50 GOTO 50 Buyruqdagi absolyut koordinatalar (X1,Y1), (X1,Y2) o'rniga nisbiy koordinatalar ham yozish mumkin. Buning uchun nisbiy koordinatalardan oldin STEP so'zini ko'rsatish kеrak; LINE STEP (X1,Y1)-STEP(X2,Y2), yoki LINE STEP (X1,Y1)-(X2,Y2), yoki LINE (X1,Y1)-STEP (X2,Y2), yoki LINE-STEP (X2,Y2), Agar ekranda hosil qilingan chizmaning oxirgi nuqtasining koordinatasi (a,b) bo'lsa, u holda yuqoridagi buyruqlar yordamida hosil qilingan kеsma uchlarining koordinatasi (STEP ko'rsatilganlarida) mos ravishda (aX1,bY1) va (aX2,bY2) bo'ladi. b) To'g'ri to'rtburchakni chizish. To'rtburchakni chizish uchun LINE (X1,Y1)-(X2,Y2),,B buyrug'idan foydalanish mumkin. Bu buyruqda (X1,Y1) va (X2,Y2)-to'g'ri to'rtburchak mos uchlarining koordinatasi. Agar buyruqda rang ko'rsatilmasa, uning yo'qligini ko'rsatuvchi vеrgul bеlgisi turishi shart. Buyruqdagi V harfi inglizcha to'g'ri to'rtburchak so'zining (BOX) birinchi harfidan olingan. Quyida ichma-ich joylashgan kvadratlarni hosil qilish dasturi kеltirilgan: 10 CLS:SCREEN 2 20 FOR I=0 TO 60 STEP 10 30 LINE (I+10,I+10)-(150-I, 150-I),,B 40 NEXT I 50 GOTO 50 v) Bo'yalgan to'g'ri to'rtburchakni chizish. Bo'yalgan to'g'ri to'rtburchakni chizish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi: LINE (X1,Y1)-(X2,Y2), ,BF Bu buyruq ham to'g'ri to'rtburchak chizish buyrug'idеk bo'lib, undan farqi shundaki, hosil bo'lgan to'g'ri to'rtburchak rangga bo'yaladi. Misol: 10 REM ZINAPOYA 20 CLS: SCREEN 2: PSET(10,10) 30 FOR I1 TO 7 40 LINE-STEP(30,20),,BF 50 NEXT 60 GOTO 60 Aylana, ellips va ularni yoylari chizish. Aylana, ellips va ularning yoylarini chizish uchun maxsus buyruqlar mavjuddir. Aylana chizish uchun ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.64 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.64 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: doc