Ekspert tizimlardan foydalanish Reja: Ekspert tizimlarni aniqlash ET ni qo'llash kriteriysi ET lardan foydalanish ET larni Ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari ET turlari Ekspert tizimlarni aniqlash Ekspert tizimlar - bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir. ETlar maslahat berishadi, analiz o'tkazishadi, sinflarga ajratishadi va diagnoz qo'yishadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, echiladigan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura analizini ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etishadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarni yechimini topa olish bilan farqlanadilar. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt kamligi uchun butunlay analiz qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda xam to'ri keladi. ETlarning yaxshi tomoni shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar malum bir korxonada malum vaqtgacha mutaxassislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qo'llab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermokda. Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat: Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami; Ishchi xotira; Chiqarish mexanizimi. Bu tizimda biror masala echilganda: Bilimlar bazasida kerakli qoidalar to'planadi, konkret masalaga taluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi xotirasida ishlanadi va yangi qonun va qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali olinadi. Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi: Birinchi usulda shunday ishlar bajariladi, ishchi xotiralardagi boshlanich informatsiyani olish, boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni ko'llash. Bu usul to'ri zanjirli fikrlash deyiladi. Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy sinflarga guruhlash mumkin: Bular meditsina diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektrik qurilmalar diagnostikasi, o'qitish va hokazo. Meditsina diagnostikasi Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishlari va ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi boliqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimsi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtirilganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi versiyasi 70 -yillar o'rtalarida Stendford Universitetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrachdek diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengaytirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa meditsina sohalarida qo'llash imkoniyatini yaratadi. Prognozlash. (Analiz qilish) Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi natija va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. Uoll-strit egallash DASTUR tizimsi bozorning konyukturasini analizlab, algoritmlarning statistik usullari yordamida siz uchun kapital mablaingizda yuqori samara bilan foydalanishingizni maslahat ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:28 ]
Arxiv ichida: docx