Ekspres analiz ma'lumotlarni kompyuterda xal qilish

Ekspres analiz ma'lumotlarni kompyuterda xal qilish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ekspres analiz ma'lumotlarni kompyuterda xal qilish - rasmi

Material tavsifi

Ekspres analiz ma'lumotlarni kompyuterda xal qilish Bajardi : Ekspres analiz ma'lumotlarni kompyuterda xalil qilish Ekologik ekspertiza tabiatdan foydalanish sohasida qaror qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olishni nazorat qilishning majburiy protsedurasi (bajariladigan ish tartibi) hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ekspertizaga tavsiya qilingan obyektning tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik talablariga qanchalik darajada mos tushishini tekshirish va baholashdan iborat. Tekst slayda Ekspertizaning asosiy natijasi texnik xatolarini aniqlash Ekspertizaning asosiy natijasi texnik xatolarini aniqlash, ularning oqibatlarini ilmiy asosida baholash, qaror qabul qiluvchi organga (tashkilotga) tavsiyalar berish, ekspertizaga berilgan loyihalar va obyektlarni ro'yobga chiqarishning eng samarali shart-sharoitlarini bashorat qilishga qaratilgan. Ekologik ekspertiza atrof muhitga ta'sirini baholash (AMTB) protsedurasidan keyin va unga asoslangan holda amalga oishiriladi. AMTB-tabiatdan foydalanish sohasidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ekologik talablarni hisobga olish protsedurasidir. Shu nuqtai nazardan davlat ekologik ekspertizasi AMTBni o'tkazish qoidalariga amal qilishni nazorat qilish shaklidir. Atrof muhitga ta'sirni baholash (AMTB) xo'jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishning jamiyat uchun nomaqbul, qabul qilib bo'lmaydigan, ehtimol tutilayotgan salbiy ekologik va u bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarini aniqlash, ulardan ogohlantirish, ularni bartaraf etishning ishonchli va zarur tadbirlarini amalga oshirish maqsadlarida tashkil etiladi va o'tkaziladi. Bir necha xil asoslovchi xujatlarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladigan xo'jalik va boshqa qarorlarni tayyorlashda atrof muhitga ta'sirini baholash (AMTB) bosqichma-bosqich tayyorlanadi va ularda nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta'sirining turlari, manbalari, darajasi tafsilotlari aniqlanadi. AMTB bo'yicha faoliyat mazmuniga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat. Ehtimol tutilayotgan va yo'l qo'yib bo'lmaydigan oqibatlarning oldini olish bo'yicha zarur va etarli choralarni aniqlash va ularni qo'llash uchun nazarda tutilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta'sirini tahlil qilish va baholash jarayonida hujjatlarni asoslab beruvchilar quyidagilarni ko'rib chiqishlari kerak: - mo'ljallanayotgan loyiha va rejani amalga oshirishning maqsadi; - mo'jlallanayotgan faoliyatning oqilona va maqul alternativasi (muqobil yo'nalishlari); - konkret hududlarda mavjud ekologik vaziyatni ilgari qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha qarorlarni hisobga olib loyihalarni va boshqa tavsiyalarni ta'riflash; - hududlar va vaqtga mos holda nazarda tutilayotgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar atrof muhiti holati to'g'risidagi ma'lumotlar; - nazarda tutilayotgan faoliyatning ehtimol tutilayotgan oqibatlari va uning alternativasi (muqobili); Atrof muhitga ta'sirni baholash (AMTB) bo'yicha hujjatlar ikki bosqichda tayyorlanadi: 1) ta'sirni dastlabki baholash. Rejalashtirayotgan faoliyatning zarurati va maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirish usullarini tanlashni asoslashning dastlabki bosqichlarida o'tkaziladi va AMTB uchun axborot darajasini aniqlash maqsadini ko'zda tutadi; 2) ta'sirni mukammal (to'la) baholash. hujjatlarni tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi va uning natijalari ishlanmaning barcha variantlarini shakllantirish va tanlashda ishtirok etadi. Ushbu bosqichning natijasi: ro'yobga chiqarish yoki ishlanmani ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 525.63 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 525.63 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga