Elektr o'lchash sxemalari. Ko'prikli, differensial, kompensatsion sxemalar

Elektr o'lchash sxemalari. Ko'prikli, differensial, kompensatsion sxemalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektr o'lchash sxemalari. Ko'prikli, differensial, kompensatsion sxemalar - rasmi

Material tavsifi

Elektr o'lchash sxemalari - ko'prikli, differentsial, kompensatsion sxemalar Reja: 1. Elektr o'lchash sxemalari - ko'prikli, differentsial, kompensatsion sxemalar. 2. O'lchov o'zgartirgichlarini strukturali sxemalar. Tayanch so'z va iboralar: sxema, o'lchash sxemasi, differentsial sxema, ko'prikli sxema Avtomatika elementi deb o'lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o'zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to'rt xil strukturaviy belgilanish sxemalaridan iborat bo'ladi: oddiy bir martali (birlamchi) to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish; ketma-ketli to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish; differentsial sxemali; kompensatsion sxemali. Oddiy o'lchash o'zgartirgichlari (a) bir dona elementdan tashkil topgan bo'ladi. Ketma-ketli o'zgartgichlarda esa (b) oldindagi o'zgartirgichning kirish ko'rsatgichi keyindagi o'zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o'zgartirgich sezgirlik elementi (SE), ohirgi (keyingi) o'zgartirgich esa chiqish elemeti deb yuritiladi. O'zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali o'zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo'lgan sharoitda qo'llaniladi. Differentsial sxemali o'lchash o'zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo'lganda qo'llaniladi. Kompensatsion sxemali o'zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o'zgartirish koeffitsientining tashqi ta'sirlarga deyarli bog'liq emasligi bilan ajralib turadi. Doimiy tokli ko'prik sxemasi 4 ta aktiv qarshilik R1, R2, R3, va R4 larga ega rezistorlardan iborat(1-rasm), ular ABCD yopiq to'rtburchakka ulangan. 1-rasm. Ko'prikli o'lchash sxemasi. Sxemaga kiruvchi R1 - R4 rezistorlar ko'prikning yelkalari deyiladi va harflar bilan belgilash mumkin, masalan AB. ABCD to'trburchakda 2 ta diagonal mavjud: AC va BD. BD diagonalga Rпр aktiv qarshilikka ega o'lchash asbobi ulangan. AC diagonalga ta'minot manbai E va ichki qarshilik RE ulangan. Ko'prik sxemasi yordamida Rx nomalum qarshilikni ko'prikning yelkalaridan biriga ulab o'lchashimiz mumkin, masalan CD yelkasiga R4 qarshilik bilan. Nomalum Rx qarshilik sxemadagi boshqa ma'lum R1, R2, R3 qarshiliklar bilan Rx=R2R3R1 munosabatga ega. Ko'prikning muvozanatlashishi R2 qarshilik yoki R3R1 qarshiliklar munosabatining o'zgarishi bilan soadir bo'ladi. Muvozanatlashgan ko'priklarda o'lchash asbobi juda sezgir bo'lishi shart, u juda kichkina toklarni sezishi shart. Aynan ushbu asbobning ko'rsatishi bo'yicha ko'prik muvozanati qayd etiladi. Shuning uchun muvozanatlashadigan ko'priklarda o'lchash asbobi sifatida odatda galvanometer ishlatiladi. Differensial sxema ta'minot manbaiga ega ikkita yonma-yon konturdan iborat, o'lchov asbobi konturlarning umumiy tarmog'iga ulanadi va konturlar toklarining farqini sezadi. Differensial sxemalarda parametrik datchiklar (qarshilik o'zgarishi bilan) qanday qo'llanilsa, generatorli datchiklar (EYuK o'zgarishi bilan) ham shunday qo'llanilishi mumkin. Parametrik datchiklar ulangan differensial sxemalar 2-rasmda ko'rsatilgan (a - datchik bitta konturga ulangan; b - datchik ikkala konturga ulangan). Ikkala konturni ta'minlovchi EYuK bir xil. Generatorli datchik ulangan differansial sxema 3-rasmda ko'rsatilgan. Bu sxemada differensial transformator datchik bo'lib hisoblanadi. Kompensatsion sxemalar datchiklar yordamida EYuK yoki kuchlanishga o'zgaruvchi noelektrik kattaliklarni o'lchash uchun ishlatiladi. Datchik signali kompensatsiyalovchi kuchlanish bilan taqqoslanadi. Kompensatsiyalovchi kuchlanishni toppish qo'lda yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 152.53 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 152.53 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga