Elektr ta'minoti bloki. Sovutgichlar Reja: Komp'yuterning elektr ta'minoti bloki (Blok pitaniya) Elektr ta'minoti bloki sxemotexnikasi Elektr ta'minoti bloki umumiy ko'rinishi va tashkil etuvchilari Elektr ta'minoti bloki va sistema bloki komponentlarini sovutish Elektr ta'minoti sifatini oshirish chorasi Tayanch iboralar: tok, elektr ta'minoti bloki, kuchlanish, elektr ta'minoti bloki tarkibi, elektr ta'minoti bloki qo'shimcha vazifalari, tok manbalarni bir xilligi, elektr ta'minoti bloki quvvati, ba'zi nosozliklar, sovutgichlar. 1. KOMP'YUTERNING ELEKTR TA'MINOTI BLOKI Komp'yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta'minlovchi moslama komp'yuterninig energiya blokidir. Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta'minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko'pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi. Agar ishonchli havo almashtirish ta'minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib ketishi va to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o'zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o'tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta ahamiyatga ega. Komp'yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-250 vatt bo'lishi kerak, aks holda u qo'shimcha qattiq disk (vinchester), qo'shimcha platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul'timedia vositalarini o'rnatishda tok etmay qolishiga sababchi bo'ladi. 2. ELEKTR TA'MINOTI BLOKI SXEMOTEXNIKASI Personal komp'yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funksiya yuklangan: - personalp komp'yuterni elektr energiyasi bilan ta'minlash ; - ichki sistemalarni sovutish ; - ichki komponentlarni himoyalash. Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp'yuterni elektr energiyasi bilan ta'minlashdir. U 220 V o'zgaruvchi tokni 5 va 12 V o'zgarmas tokga aylantirib beradi. AQH va boshqa ba'zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo'lganligi sababli, 120 V ni 5 V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp'yuter qurilmalarida foydalinadi. Komp'yuterga o'rnatilgan tok manbai bloki komp'yuter sistema blokini sovutishda muhim rol o'ynaydi chunki blokni vintelyatori komp'yuterni ichki havosini so'rib tashqariga chiqirishga mo'ljalangan. Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. Ma'lumki komp'yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik yuqoriga qarab ko'tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni tashqariga uzatadi. Personal komp'yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo'lmasa ishga tushmaydi. Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi. 3. ELEKTR TA'MINOTI BLOKI UMUMIY KO'RINISHI VA tashkil ETUVCHILARI Hozirda ishlab chiqarilayotgan IBM personal komp'yuterlarida manbai bloki to'rtburchakli karobka sifatida bo'lib sistema blokini yuqori qismiga joylashtiriladi. Tok manbai blokini yuqori qismida vintelyatsiya teshigini kirishi va etiketkasi joylashgan. Vintelyatsiya teshiklari aylana kontsentrik teshiklardan iborat bo'lib hovoni chiqarish teshiklari bo'lib xizmat qiladi. Tok manbai etketkasida tanishish uchun zarur bo'lgan uni quvvati ko'rsatilgan. Komp'yuter eski yoki ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.93 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.93 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:29 ]
Arxiv ichida: doc