Elektromagnit tizimli elektr o'lchov asboblari. Reja: Elektromagnit tizimli elektr o'lchov asboblarinnig tuzilishi va ishlash prinsipi. Aylantiruvchi va qarama-qarshi momentlar. Elektromagnit tizimli asboblarning kamchiliklari va afzalliklari. Tayanch so'zlar va iboralar:elektromagnit, qo'zg'almas g'altak, plastinka o'zak, spiral prujina, tinchlantirgich, aylantiruvchi va qarama-qarshi momentlar. Elektromagnit tizimli elektr o'lchov asboblari quyidagi qismlardan tuzilgan: To'g'ri burchakli qo'zg'almas g'altak. Yupqa magnit plastinka o'zak Ko'rsatuvchi strelka. Spiral prujina. Strelka titrashini muvozanatlovchi qismlar. Elektromagnit tizimli asboblarning ishlash prinsipi o'lchanayotgan tokli g'altakka po'lat o'zakning tortilishiga asoslangan.Bunday qurilmada elektromagnit kuchlar shunday yo'nalgan bo'lishi kerakki, bunda o'zakning holatini o'zgartirish uchun mexanizmdagi magnit oqim eng ko'p bo'lsin.Qo'zg'aluvchan o'zak yaproqcha ko'rinishida bo'lib, estsentrik holda o'qqa maxkamlangan bo'ladi.Shu o'qqa strelka teskari ta'sir ko'rsatuvchi moment hosil qiladigan spiral prujina va tinchlantirgichning porsheni mahkamlangan bo'ladi.O'lchanayotgan tok qo'zg'almas g'altak orqali o'tib, magnit maydon hosil qiladi.O'zak magnitlanib, g'altakning teshigiga tortiladi va u mahkamlangan o'qni buradi.O'z navbatida o'qqa mahkamlangan asbob strelkasi burchakka buriladi. 2. Asbobning qo'zg'aluvchan qismiga ta'sir etayotgan aylantiruvchi moment umumiy holda, magnit maydon energiyasi o'zgarishining burilish burchagi bo'yicha olingan birinchi tartibli hosilasi orqali aniqlanishi mumkin: Bunda L-g'altakning o'zak holatiga bog'liq bo'lgan induktivlik; i-o'lchanayotgan tok. Aylantiruvchi moment ni muvozanatlovchi teskari ta'sir ko'rsatuvchi moment spiral prujina yordamida hosil qilinib, asbob strelkasining burilish burchagi, yani spiralning burilish burchagiga proportsionaldir: . Strelka burilishining barqarorlashuvi yoki ga mos keladi. Bunda: Strelkaning burilish burchagi tokning kvadratiga proportsional bo'lganligi uchun bu asboblarning shkalasi notekis bo'ladi. ifodadan ko'rinadiki, qo'zg'aluvchan qism burilish burchagining ishorasi tok yo'nalishiga bog'liq emasdir.Elektromagnit asboblardan o'zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarida foydalanish mumkin.Ular o'zgaruvchan tok zanjirida tokning ta'sir etuvchi qiymatini o'lchaydi. Asbobning qo'zg'aluvchan qismi tinchlanishi uchun odatda havoli tinchlantirgich qo'llaniladi.U egilgan silindrdan iborat.Asbobning o'qi silindr ichida porshen shtogi bilan bog'langan.silindr ikkala qismidagi bosimlar farqi natijasida qo'zg'aluvchan qismining harakati sekinlashadi. Shkalasining notekisligi elektromagnit mexanizmli asboblarning kamchiligi hisoblanadi.Asbob shkalasining notekisligini kamaytirish uchun aylantiruvchi moment tok kuchiga proportsional bo'lishi kerak.Elektromagnit mexanizm uchun bu shartga bo'lganda erishiladi.O'zakning shaklini tanlash va uni g'altakka nisbatan joylashtirish yo'li bilan asbobning shkalasini deyarli tekis qilishga erishiladi.Shkalaning boshlang'ich qismi uchun shartni amalga oshirib bo'lmaydi, chunki da bajarilmaydi.Shuning uchun shkalaning 10-20% kismi siqiq bo'lib, qolgan qismi ancha tekisdir. Tashqi magnit maydonining ta'siri ham mazkur asboblaring kamchiligi hisoblanadi.Chunki g'altakning magnit maydoni havoda tutashganligi uchun ozroq induksiya bilan xarakterlanadi.Tashqi magnit maydoni ta'sirida vujudga kelgan xatoliklarni kamaytirish uchun elektrmagnit mexanizmli asboblar po'lat g'ilof bilan niqoblangan bo'ladi. Elektromagnit mexanizmli asboblarning yangi konstruksiyalarida magnit-o'tkazgichli mexanizmlar qo'llaniladi.Bunday mexanizmlarda tashqi magnit maydon ta'siri ancha susaygan bo'ladi.Bunday asboblarning o'zi istemol qiladigan quvvat avvalgi konstruksiyadagi asboblardan 3-4 marta kam bo'lib, sezgirligi nisbatan yuqoridir.G'altak ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:29 ]
Arxiv ichida: doc