Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari

Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari Asosiy atamalar, kategoriyalar va tushunchalar Elektron biznes fanining paydo bo'lishi muomalaga yangi atamalar, kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog'liq. Hozirda yangi tushunchalar paydo bo'ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to'lov tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k. Bugungi kunda Elektron biznes, Internet-biznes, shuningdek, elektron savdo kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta'riflari ma'lum. Har bir muallif o'zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko'ra mazkur tushunchaga aniq ma'no kiritadi. ELEKTRON BIZNES Yuqorida keltirilgan elektron biznes hamda Internet-biznes tu- shunchalarining ta'rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha elementlarini to'liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilish- ning maqsadli yo'nalishi mavjud emas, shuningdek, biznesni amalga oshirishdagi prinsipial o'zgarishlar aks ettirilmagan. Internet-biznes tushunchasi faoliyat turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab qoladi. Bir vaqtning o'zida tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining katta hajmi mazkur tushunchaga kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring, lizing, loyihalashtirish, kon- salting, investitsiya bitimlari, foydalanish va konsessiya haqidagi keli- shuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). Elektron biznes tushuncha- siga eng ma'qul ta'rif N.Solovyanenko tomonidan keltirilgan. ELEKTRON BIZNES Elektron biznes - bu biznesni an'anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash maqsadida eng ilg'or axborot tex- nologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. Ushbu ta'rifga ko'ra, elektron biznes - bu faqatgina elektron savdo emas. Elektron biznes - bu Internet tarmog'ida yangi axborot va kom- munikatsiya texnologiyalarini qo'llashga asoslangan savdogina emas. Uning tarkibiga turli biznes - operatsiyalarining katta miqdori kiradi. Elektron biznes yordamida firma asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy va moliyaviy maqsadlarga erishish ta'minlanadi. Elektron biznes atamasi har xil texnologiyalarni o'z ichiga oladi, ular: EDI (Electronic Data Interchange - ma'lumotlarni elektron alma- shinuvi), elektron pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma'lu- mot almashish), ekstranet (tashqi dunyo bilan ma'lumot almashish). Elektron savdo elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Elektron savdo tushunchasi Elektron savdo elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu sav- doga ko'ra, tovar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi ularni ma'lum to'- lov evaziga taqdim etadi. Elektron savdo chegaralari kitobi mualliflari quyidagi umumiy ta'rifni tavsiya etadilar: Elektron biznes - biznesning zamonaviy uslu- biyati bo'lib, u tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste'molchilarga tovarlar va xizmatlar sifatini oshirgan holda sarf-xarajatlarni qisqartirish hamda yetkazib berish tezligini oshirishga yordam beradi. Ko'rinib turganidek, mualliflar elektron biznes va umuman biznes o'rtasida hech qanday farqni e'tirof etmayaptilar. Bundan tashqari, elektron savdo tushunchasining ushbu ta'rifi an'anaviy savdo uchun xos bo'lgan tushunchadan hech qanday farq qilmaydi. Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: xarid uchun elektron to'lov (pullarni elektron o'tkazmasi, kredit kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda); ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 254.37 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:29 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 254.37 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga