Elektron darslikka qo'yiladigan didaktik va psixologik talablar

Elektron darslikka qo'yiladigan didaktik va psixologik talablar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron darslikka qo'yiladigan didaktik va psixologik talablar - rasmi

Material tavsifi

Elektron darslikka qo'yiladigan didaktik va psixologik talablar ajratilgan vaqt 1.O'qitishda ilmiylikni, fan,texnika va texnologiyalarni so'nggi yutuqlarni hisobga olinishi o'quv materiali mazmunining etarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta'minlaydi. O'quv materialini elektron darslik yordamida o'zlashtirish jarayoni o'qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o'xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish uslubi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil uslubi. 2.O'qitishning erishuvchanlik talablari - elektron darslik vositasida amalga oshiriladi va ta'lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o'quv materialini o'rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruriyatini bildiradi. O'quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, unda ta'lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi. 3.O'qitishning muammoviylinini ta'minlash talablari - ta'lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta'lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o'sadi. Ushbu didaktik talabning elektron darslik yordamida bajarilish darajasi, an'anaviy darsliklar va qo'llanmalardan ko'ra, sezilarli ravishda yuqori bo'ladi. 4.O'qitishning ko'rgazmaliligini ta'minlash talablari, ta'lim oluvchilar tomonidan o'rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi. 5. O'qitishni ongliligini, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta'minlash talablari - o'quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o'quv axborotini jalb qilish bo'yicha ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun elektron darslik va vositalari bilan ta'minlashni ko'zda tutadi. Bunda ta'lim oluvchi uchun o'quv faoliyati yo'naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Maxsus fanlar bo'yicha elektron darsliklar tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kerak. 6.Elektron darslikdan foydalanishda o'qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari- o'rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko'nikmalarning malum tizimining ta'lim oluvchilar tomonidan o'zlashtirilishi ketma-ketligini ta'minlanishini bildiradi. Bilim, ko'nikma va mahorat - ta'lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va hayotda qo'llanilishda o'z o'rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi: -o'quv materialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish; -o'quv materialining har bir bo'limida shakllanadigan bilim, ko'nikmalarning rivojlanishini inobatga olish; -o'rganilayotgan o'quv materialining fanlararo bog'liqligini ta'minlash; -o'quv materiali va ta'lim beruvchi ta'sirlarining uzatilish ketma-ketligini chuqur o'ylab ko'rish; -bilim berish jarayonini o'qitish mantiqi bilan aniqlanadigan ketma-ketlikda qurish; -elektron darslik tavsiya qilgan axborotni, o'qitishning mazmuni va uslubi ta'lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bog'liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o'yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va obyektlar modellarini tavsiya qilish yo'li bilan amaliyot faoliyatga bog'lanishni ta'minlash. 7.Elektron darslikdan foydalanishda bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi talablari-o'quvchilarning o'quv materialini mustahkam o'zlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 8.Elektron darslikda o'qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi talablari. ta'lim vazifasidagi an'anaviy nashrlarga qo'yiladigan didaktik talablardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.93 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.93 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga