Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining predmeti ajratilgan vaqt Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. ta'lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o'zlashtirib olishlari uchun o'quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O'quv adabiyotlarining mazmuni ta'lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o'quv adabiyotlaridan izlab topish ko'nikmalarini hosil qilishni ta'minlashi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul qilingan edi. Unda ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim standartlariga muvofiq elektron o'qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan. O'quv adabiyotlari muayan ta'lim turi o'quv rejasida qayd etilgan fanlar bo'yicha tegishli o'quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o'zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo'lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari va elektron o'quv adabiyotlari. an'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari - ta'lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma'lumotlar hajmi, shriftlari, qog'oz sifati, muqova turi va boshqa ko'rsatkichlarni hisobga olgan qog'ozda chop etiladigan manbadir. Elektron o'quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan manbadir. Uzluksiz ta'lim tizimi o'quv-tarbiyaviy jarayonida o'quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo'llaniladi: darslik, o'quv qo'llanma, lug'at, izohli lug'at, ma'lumotlar to'plami, leksiyalar kursi, leksiyalar to'plami, metodik ko'rsatma, metodik qo'llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma'lumotlar banki va boshqalar. Darslik-o'quv fani, uning biror yo'nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o'quv dasturiga mos holda, yuqori ta'lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o'quv mahsulotidir. Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta'lim standarti mutaxassisliklari va yo'nalishlarining mayyan o'quv fani (yoki bir necha fan)ga to'la mos kelgan asosiy o'quv elektron mahsuloti hisoblanadi. O'quv qo'llanma - darslikni qisman yoki to'la o'rnini bosuvchi, yoki to'ldiruvchi va qo'llanma sifatida ta'lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir. Elektron o'quv qo'llanma - darslikni qisman yoki to'la o'rnini bosuvchi, yoki to'ldiruvchi va qo'llanma sifatida ta'lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron mahsulot hisoblanadi. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elektron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma'lumot berishdan iborat bo'lib, unda elektron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar va ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat: Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish; Elektron darsliklar yaratish tartibi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc