Elektron darsliklarning asosiy xossalari va kategoriyalari ajratilgan vaqt Mashg'ulotning texnologik xaritasi So'nggi yillarda elektron darsliklar haqidagi tushunchalar turli tahlil etilmoqda. Masalan, disketalardagi matn va o'quv materiallari, biror bir prezentatsiya va hoka'zolar. Shuning uchun, elektron darsliklar bilan bog'liq asosiy tushunchalarni aniqlab olish dolzarb masalalardan biridir. Elektron ta'lim mahsulotlari grafik, matn, raqam, ovoz, musiqa, video, foto va shunga o'xshash axborotlar majmuasidan iborat bo'ladi. Elektron ta'lim mahsuloti turli elektron manbalarda magnit (magnit lenta, magnit disk va boshqa) va optik (CD-ROM, DVD va boshqa) shaklda hamda elektron kompyuter tarmog'i (INTERNET)ning axborotlarni saqlash bazalarida aks ettiriladi. Elektron ta'lim mahsuloti bilimlarning muayyan ilmiy-amaliy sohasi bo'yicha sistemali materiallardan iborat bo'lib, talaba va o'quvchilarning shu sohadagi zarur bilim va amaliy ko'nikmalarni ijodiy va faol tarzda o'zlashtirishini ta'minlaydi. Elektron ta'lim mahsulotlari yuqori bajarilish sifati va badiiy shakllantirilishi, axborotning to'laligi, uslubiy uskunalarning sifati, texnik bajarilishi sifati, ochiqligi, mantiq va ulash ketma-ketligi bilan ajralib turishi kerak. ta'lim tizimini yangi zamonaviy darajadagi bosqichiga o'tishni faqatgina kompyuter paketlar (yani, elektron darsliklar, qo'llanmalar, trenajerlar, virtual stendlar va o'quv test muharrir)ini yaratgan holdagina amalga oshirish mumkin. Ular o'quv yurti maxsus auditoriyasi uchun kompyuter sifatidagi amaliy mashg'ulotlarda yoki talabalar mustaqil ishlashi uchun jihozlashgan yotoqxonalarda, shuningdek, uylardagi shaxsiy kompyuterda yagona kompyuterlashgan muhitni yaratadi. Keltirilgan elektron mahsulotlar, dasrliklar va qo'llanmalarning rasmiy ta'rifiga asosan, elektron darsliklar tushunchasini kengaytirish va aniqlashtirish zarur. Elektron darslik (hatto, eng mukammal yaratilgani ham) an'anaviy bosma shakldagi kitobning o'rnini egallay olmaydi va egallashi kerak ham emas. Biror bir asarni ekranlashtirish yangi janr hisoblangani singari, elektron darslik ham o'quv adabiyotining umuman boshqa yangi janri hisoblanadi. Elektron darslik quyidagi xosslarga ega bo'lishi kerak: -o'quv mashg'ulotlarini yuqori sifatli darajasida o'tkazilishni ta'minlash; -bilimlarning o'zini hosil qilish va baholash imkoniyatlarini yaratish; -ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'zaro yaqinlashtirish; -axborotli-ta'lim resurslari rivojlanishining garmonik tasnifiga ega bo'lish; -matnli va boshqa axborotli materiallar yangilangan (gipermatnlar) va illyustratsiyalangan (multimediya vositalari, rasmlar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar) bo'lishi kerak. - Elektron darslik ta'lim jarayoniga odatdagi darslikdan o'zgacha, inson miyasi imkoniyatlarini, xususan, eshitish va emotsional xotirasini jalb qilib, shuningdek kompyuter samaradorligidan foydalanib tushunishni, mavjud tushunchalar va misollarni eslab qolishni maksimal darajada engillashtirishi kerak: Elektron darsliklarning quyidagi turlari mavjud: 1. Elektron darsliklarni foydalanish bo'yicha ikki turga ajratiladi: a) Jamoaviy foydalanishga mo'ljallangan elektron darsliklari kompyuterning katta tizimli resurslarini talab qilmasligi kerak, chunki ular ko'pincha serverlarda o'rnatiladi va ularga kompyuter tarmog'i orqali yaqinlashish imkoni beriladi. b) Individual foydalanishdagi elektron darsliklari o'quv materialini ta'lim oluvchi ishtirokida yoki ishtirokisiz o'rganish uchun mo'ljallangan. Elektron darsliklarning ikkala turidan ham ma'ruza mashg'ulotlarida foydalanish mumkin. 2. O'quv ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.58 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc