Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari

Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari - rasmi

Material tavsifi

Elektron darsliklarning xususiyatlari va afzalliklari ajratilgan vaqt XX asrning 80-chi yillarida kompyuterlarning keng tarqalishi ta'lim sohasida nafaqat yangi texnikaviy, balki didaktik imkoniyatlarni ham yaratdi. Kompyuterlarning asosiy afzalliklari ularning yaqinlashuvchanligi, muloqotning oddiyligi va albatta, grafikaviy imkoniyatlaridir. O'quv kompyuter tizimlarida grafikaviy illyustratsiyalarni qo'llash faqat ta'lim oluvchilarga axborotni uzatish tezligini oshirish va uni tushunish intensivligini oshirish imkoniyatini berib qolmasdan, balki ularda intuitsiya, sezgirlik, obrazli fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Xotira hajmi katta bo'lgan elektron vositalar va global telekommunikatsion muhitlarning paydo bo'lishi o'z ichida gipermatnli, multi va gipermedia texnologiyalarni, virtual tizimlarni qo'llaydigan o'quv dasturli vositalarni yaratishga olib keldi. Bunday tizimlardan foydalanish lazerli kompakt disklarda elektron dasturlar, ma'lumotnomalar, kitoblar va boshqa manbalarni ko'plab adadlashtirish imkoniyatini yaratdi. Mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar asosida ta'lim muassasalarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta'limda elektron darsliklarni yaratish uchun yo'l ochib berdi. Elektron darslik va bosma darslik quyidagi umumiy jihatlarga ega: - o'quv materiali bilimlarning malum sohasi bo'yicha bayon qilinadi; - o'quv materiali fan, texnika, texnologiya va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasida yoritiladi; - o'quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, yani darslikning yaxlitligini ta'minlaydigan, manoli munosabat va aloqali ko'plab elementlardan tashkil topgan butun tugallangan asarni o'zida tasvirlaydi. Elektron darslikning bosma darsliklardan farqli belgilari quyidagilardan iborat: - Har bir bosma darslik o'qitish jarayonining malum boshlang'ich va yakuniy darajasini tavsiflaydi. Aniq bir o'quv fani bo'yicha elektron darslik murakkablikning bir necha darajasidagi materialni o'z tarkibida saqlashi mumkin. Bunda ular har bir daraja uchun interfaol tartibotda bilimlarni tekshirish uchun ko'p variantli topshiriqlarni o'z tarkibida saqlagan bo'ladi. - Elektron darslikda ko'rgazmalilik bosma darslikdagidan ko'ra yuqoriroqdir. Elektron darsliklarda ko'rgazmalilik animatsiyalar, tovush kuzatishlar, giperjo'natishlar, videolavhalar va boshqa multimediyali texnologiyalardan foydalanish bilan ham ta'minlanadi. - Elektron darslik sinov topshiriqlari va testlarining ko'p variantliligi, ko'pdarajaliligi va xilma-xilligini ta'minlaydi. Elektron darslik barcha topshiriq hamda testlarni interfaol va ta'lim beruvchiga tartibli berilishga imkoniyat yaratadi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izohlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin. - Elektron darslikni yaratish va tarqatishda bosmaxona ishlari bajarilmaydi. Elektron darsliklar o'zining tuzilishi bo'yicha ochiq tizim bo'lib hisoblanadi. Ularni ishlatish jarayonida to'ldirish va takomillashtirish mumkin. - Elektron darslikning ta'lim oluvchilar bilan yaqinlashuvi bosma ko'rinishdagi darsliklardan ko'ra yuqoriroq. Elektron darslikka talab oshganda uning adadini osongina oshirish mumkin, tarmoq bo'yicha jo'natish mumkin. - Foydalanishda va ishlab chiqish maqsadlariga bog'liq ravishda ko'p funksiyaliligini ta'minlash uchun elektron darsliklar turli xildagi tuzilmalarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, darslarda foydalanish uchun aniq bir fan bo'yicha o'quv dasturiga mos keladigan elektron darslikni yaratish va o'quv materialini mavjud mavzuiy rejalashtirish asosida berish mumkin. Elektron darsliklarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.57 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.57 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga