Elektron darslikni yaratishning asosiy tamoyillari ajratilgan vaqt Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Kvantlash, to'lalik, ochiqlik, tarmoqlanish, boshqarish, adaptatsiya, kompyuter yordami, to'plash, asosiy talablar. Matn qismi chegaralangan bo'lishi kerak-chunki buning uchun oddiy darsliklar mavjud, kompyuterdan olingan materiallarni chuqurroq o'zlashtirish uchun esa qog'oz va qalamlar xizmat qilish kerak. Shuning uchun, elektron darsliklar yaratish jarayonida bir necha pirntsip va yondashishliklarni ishlatmoq zarur. Ularni qisqacha ko'rib chiqaylik: Kvantlash prinsipi: materialni minimal xajmdagi modullardan iborat bo'limlarga bo'lish. To'lalik prinsipi: Har bir modulda kompanentlar mavjud bo'lishi kerak: nazariy yadro; nazariy savollar; misollar; mustaqil yechish uchun masala va misollar; butun modul bo'yicha javoblari keltirilgan savollar; nazorat ishi; yordamchi ma'lumotnomalar; kommentariylar. Ochiqlik prinsipi: Har bir modulda mtanlarni yangi tushuncha va usllarni o'zlashtirishni engillashtiruvchi vizual kadrlar bo'lishi kerak. Tarmoqlanish prinsipi: Har bir modul gipertekst ilovalar bilan boshqa modullar bilan bog'langan bo'lib, axborotlarni o'zlashtirish ketma-ketligini nazarda tutadi. Boshqarish prinsipi: o'quvchi kadrlar almashinishi o'zi boshqaradi, kerakli murakkablik darajadagi misollarni ochib, o'zini tekshirish mumkin. Adaptatsiya prinsipi: elektron darslik o'quv jarayonining malum paytdagi o'quvchi eHtiyojini qondirish lozim. Qompyuter yordami prinsipi: elektron darslikni ishlatayotgan Har bir paytda kompyuter yordamini olish mumkinligi (murakkab matematik hisob, lug'at, o'z bilim savyasini tekshirish va boshqalar). To'plash prinsipi: yagona elektron komplekslarda va bibiliotekalarda joylashtirish va ularga yangi bo'lim va temalar bilan kengaytirish formatida bajarilgan bo'lishi lozim. Ketirilganlardan xulosa sifatida: elektron darslik kimga va nima uchun kerak? savoliga javob beraylik. Elektron darslik kunduzgi, sirtqi va masofaviy tarzdagi o'quvchilarning mustaqil ishlash uchun zarur, chunki: o'qilayotgan materiallarni chop etilgan o'quv darsliklardan o'zga, boshqa usullar (qabul etish yo'llari oshishi) qo'llash munosabati bilan o'zlashtirishni engillashtiriladi; o'quvchining talablari va tayyogarlik, intellektual darajasiga moslanadi; murakkab Hisob-kitoblarda vaqtning tejalishi hisobiga fanni chuqurroq o'zlashtirishga sharoit yaratiladi; ishning har bir bosqichida o'zini tekshirish uchun keng sharoitlar yaratiladi; bajarilgan ishni zamonaviy shaklda fayl yoki printerda chop qilishga sharoit yaratiladi; chegaralanmagan sonli tushuntirish, takrorlash va yordamchi materiallar taqdim etib, sabrli murabbiy vazifasini bajaradi. Elektron darslik maxsus auditoriyadagi amaliyot darslarida yordam beradi, chunki: turli masalalarni yechishda kompyuter yordamini ishlatish va shuning uchun vaqtni tejash mumkin; o'qituvchilarga mashg'ulotlarni kompyuterlarda mustaqil ishlar shaklida o'tishi mumkin; o'qituvchilarga kompyuter yordamida o'quvchilar bilimini tez va samarali baholash, nazorat ishlarni murakkabligini boshqarishi mumkin; Elektron darslik o'qituvchilar uchun ham qulay, chunki; ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda asosiy tushuncha va g'oyalarni tushuntirishga ko'proq vaqt ajratiladi; murakkab hisobli nazorat ishlari kompyuter yordamida tekshiriladi; auditoriyada va uyda bajariluvchi tposhiriqlar nisbatini aniqlaydi; Yuqoridagilardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi (1-rasm): 1. Kvantlash tamoyili: O'quv materialini hajmi bo'yicha kichik, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.54 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.54 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc