Elektron hisoblash mashinalarida iqtisodiy masalalar yechishni tashkil qilish Reja: Kompyuterda iqtisodiy masalalar yechishni tashkil etishning asosiy bosqichlari. Masalani qo'yish va uni yechish bosqichlarining asosiy elementlari. Algoritmlashtirish tushunchasi va uning turlari. Programmalarni blok-sxemalar orqali ifodalash. Ishlanayotgan va uzatilayotgan ma'lumotlarning to'g'riligini ta'minlash usullari. Kompyuterda iqtisodiy masalalar yechishni tashkil etishning asosiy bosqichlari. Faraz qiling, siz biror bir tashkilotda ishlayapsiz. Sizni direktor o'z xuzuriga chaqirdi va o'z bo'limingizdagi barcha ishlarni kompyuter asosida bajarishga o'tishingiz kerakligini aytdi va bu topshiriq albatta bajarilishi lozimligini tushuntirdi. Siz bu ishni bajarishni nimadan boshlar edingiz? Iqtisodiy masalalarni kompyuterda yechish uchun avvalo qaysi ishlarni bajarish kerak? Bu bajarilishi kerak bo'lgan ishlarni rejalashtirishda qanday bosqichlardan o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi? Yuqoridagi savollar haqida chuqur fikrlang va fikrlaringizni boshqalar bilan bo'lishing, keyin esa quyidagi ma'lumotlarni o'z fikringiz bilan taqqoslashingiz mumkin. Masalani EHM talabi asosida avtomatlashtirilgan ko'rinishga o'tkazib yechishning bir qancha bosqichlari mavjud. Har qanday boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasida (BAS) masalalar bosqichma-bosqich qilib amalga oshiriladi. Odatda 3 ta bosqich mavjud: loyiha oldi bosqichi; asosiy bosqich, yani ishchi hamda texnik loyihalarni bajarish va nihoyat, amaliyotga tadbiq etish bosqichlaridir. loyiha OLDI bosqichi q z navbatida avtomatlashtirilgan obyektning axborotlar sistemasini o'rganish, texnik-itisodiy jihatdan asoslanib berishni va yaratilayotgan BAS-ning amalga oshiradigan texnik vazifalarini ishlab chiqish jarayonlarini qamrab oladi. ASOSIY BOSQICh BAS-ning texnik hamda ishchi loyihalarini yaratishdan, ularni amaliy sinovlardan o'tkazishdan iboratdir. AMALIY TADBIQ ETISh BOSQIChI yaratilgan BAS-ning aniq axborotlar asosida ishlab chiqilgan masalalarning buyurtmachilar ishtiroqida sinovdan o'tkazishdir. Demak, bunda asosiy maqsad butun BAS-ni tajriba o'tkazib, ekspluatatsiya qilish va uning haqiqiy samaradorlik bahosini aniqlashdir. Masalani EXM-da yechishga tayyorlashning asosiy bosqichlarida u yoki bu masalani EHM-da yechishda tegishli axborotlar programma yordamida arifmetik va mantiqiy qayta ishlanadi. Lekin masalani EHM-da bevosita yechishdan oldin, odatda, tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Bu ish ancha mashaqqatliroqdir. Bunda odatda quyidagi bosqichlar ajralib tu radi: masalani qo'yish; masalani matematik ifodalash; yechish usulini tanlash; masalani yechishning algoritmini ishlab chiqish; tuzilgan algoritm asosida programmalashtirish; programmani kompyuterga kiritish va uni sozlash; masalani bevosita EHM-da yechish va olingan natijani tahlil qilish. Masalani qo'yish va uni yechish bosqichlarining asosiy elementlari. 1. Dastavval EHM-da echilishi kerak bo'lgan masala qo'yiladi. Ushbu bosqichda boshlang'ich ma'lumotlarning tarkibi va xarakteri aniqlanadi. Masalani yechishning umumiy yo'li tanlanadi. Masala kichik masalalarga ajratiladi, ularni yechish ketma-ketligi aniqlanadi va hokazo. 2. MASALANING MATYeMATIK IFODALANIShI. Ushbu bosqichda masalaning qo'yilishi matematik jihatdan aniqlab olinadi. U aniq, bir manoli izohga ega bo'ladi. Buni amalga oshirish uchun tekshirilayotgan holat qonuniyatlarini matematik formulalar yordamida ifodalaydigan o'ziga xos nazariya kerak bo'ladi. Matematik formulalarning ana shunday majmui berilgan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.26 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.26 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc