Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi va ishlash prinsiplari

Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi va ishlash prinsiplari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi va ishlash prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi va ishlash prinsiplari Reja: Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi, tashqi qurilmalari. Sanoq sistemalari haqida tushuncha va ular bilan ishlash. EHM dagi kodlashtirish sistemasi ASCII. Programmaviy boshqaruv prinsipi va uning ahamiyati. EHMning programmaviy ta'minoti va uning asosiy tarkibiy qismlari. Amaliy va sistemaviy programmaviy ta'minot. Kompilyatsiya va interpretatsiya. Elektron hisoblash mashinalarining strukturaviy tuzilishi, tashqi qurilmalari. Yuqorida mavzularda xususiy kompyuter va uning strukturaviy tuzilishi haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan edi. Ularni o'rganish asosida xar qanday turdagi kompyuterning asosiy tashkil etuvchilari nimalardan iborat deb o'ylaysiz? Ushbu strukturaviy tuzilish elementlarining bajaradigan vazifalari nimalardan iborat? Tashqi muhit bilan aloqa qilish uchun qanday turdagi tashqi qurilmalar ishlatilishi mumkin va ularni qanday guruhlarga bo'la olasiz? Oldingi mavzulardan olgan bilimlaringiz asosida ushbu savollar haqida biroz fikrlang va ularga to'g'ri javob topishga harakat qiling. Bir so'z bilan qisqa qilib aytganda elektron hisoblash mashinalari turli xil informatsion sistemalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari texnik ta'minotining asosini tashkil qiladi. EHM ning strukturaviy tuzilishi deb mashinalar funksional qismlarining o'zaro bog'lanish tartibini va ishlashi bilan bog'liq prinsiplarining o'zaro ta'sirini belgilaydigan, hamda uning xilma-xil qurilmalari o'zaro bog'lanishini aniqlaydigan tuzilmaga tushuniladi. EHM ning eng oddiy, hamma tushunadigan strukturali sxemasi quyidagi ko'rinishda tasvirlanadi: Chizmadan ko'rinib turibdiki, EHM asosan 3ta, bir biriga funksional bog'langan qismdan iborat ekan va uni qo'llashdan muhim maqsad jamiyatning ishlab chiqarish, boshqarish, injenerlik, ilmiy, maorif va boshqa faoliyatlari natijasida vujudga keladigan turli-tuman masalalarni yechish bilan bog'liq hisoblash jarayonlarini bajarishdir. Hisoblash jarayonlarini amalga oshirish uchun, xususan 1-chizmadagi EHM qurilmalari zarur bo'ladi, yani: birinchidan, xotira zarur bo'lib unda algoritmga, dastlabki ma'lumotlarga, oraliq va oxirgi natijalarga aloqador axborotlar to'plami joylashadi. ikkinchidan, kerakli axborotlarni xotiraga kiritish, yani uzatish zaruriyati hosil bo'ladi. Buning uchun kiritish qurilmasi zarur bo'lib, u inson tomonidan tayyorlangan har-xil axborotlarni qabul qiladi va ularni EHM xotirasiga uzatadi. uchinchidan, xotirada saqlanayotgan algoritmni o'qishga va u tomonidan mo'ljallangan amallar ketma-ketligini bajarishga, xotiradan kerakli qiymatlarni tanlab olishga va ular ustida zarur jarayonlarni bajarishga, nihoyat hisoblash natijalarini xotiraga yozishga qodir bo'lgan qurilma zaruriyati tug'iladi. Bunday qurilma sifatida chizmada ko'rsatilgan protsessorni aytish mumkin. to'rtinchidan, xotira joylashadigan yoki umuman, hisoblash oqibatida kelib chiqadigan hisoblash natijalarini xotiradan inson tomonidan kelajakda foydalanish uchun chiqarib olish zaruriyati tug'iladi. Bunday ishni chiqarish qurilmasida bajariladi. Ko'rsatilgan 1-chizmada ko'rsatib o'tilgan tarkibiy qismlar bir butun kompleksga uzviy bog'langan bo'ladi va bitta elektron hisoblash mashinasini tashkil qiladi. Yuqorida EHM ni sharxlab o'tilgan fikrlar asosida yuqoridagi chizmaning quyidagi, deyarli to'laroq tushuniladigan chizmasini aks ettirish mumkin. Endi EHM har bir qurilmasining funksiyasini alohida holda kengroq qarab chiqaylik, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.15 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.15 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga