ELYeKTRON HUJJAT VA ELYeKTRON HUJJAT ALMAShINUVI Mavzular Hujjat tushunchasi; Hujjatlarning turlari; Elektron hujjat; an'anaviy va elektron hujjat almashish; Imzo va uning ahamiyati; Muhr va uning ahamiyati; Elektron raqamli imzo; Elektron raqamli imzodan muhr o'rnida foydalanish; Elektron kalitlar va sertifikatlar; Elektron hujjat almashish tizimlari. Hujjat va uning turlari Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo'ljallangan moddiy obyekt. Hujjat turlari - hujjatlar o'z shakliga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: Matnli hujjatlar. Tovushli hujjatlar. Tasvirli hujjatlar. Elektron hujjat Axborot kommunikatsiya vositalari qo'llab quvvatlaydigan texnologiya yordamida inson uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron vositalardagi axborot - bu elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot kommunikatsiya tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda hosil qilinadi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: Elektron raqamli imzo; Jo'natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo'natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; Jo'natuvchining pochta va elektron manzili; Hujjat yaratilgan sana. Imzo va Muhr Imzo - hujjatning haqiqiyligini va yuborgan fizik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Muhr - hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Elektron raqamli imzo Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo Elektron kalitlar va sertifikatlar Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga malum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiqlashda qo'llanilishi mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko'ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash elektron raqamli imzo kalitini ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. Elektron hujjat almashinuvi tizimi Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo'natish va qabul qilish jarayonlari yig'indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Etiboringiz uchun raxmat! ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
595.99 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
595.99 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: ppt