Elektron hukumat asoslari Reja: Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo'llari. Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo'llari. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalash. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo'llari. Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog'onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta'minlaydi. O'z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli sohalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo'lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo'llaniladi. Xususan, «Elektron hukumat» so'zining ingliz tilidagi muqobili - « Electronic Government » so'zi, ko'pchilik o'ylagani singari, hukumat, ya'ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta'lluqli emas, balki kengroq ma'noda bo'lib, ya'ni, u - davlat boshqaruvi organlarining o'z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko'rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko'rsatish. Elektron hukumat qo'yiladigan quyidagi asosiy talablar: Jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko'rsatilishi; Davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta'minlanishi; Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo'g'inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi; Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish. Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o'z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya'ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to'g'ridan-to'g'ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo'ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to'ldirish va topshirish, zaruriy ma'lumotnoma, ruxsatnoma va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
351.48 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
351.48 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: doc