«Elektron hukumat». Davlat boshqaruvida interaktiv xizmatlar Interaktiv xizmatlar Elektron hukumat tizimining muhim belgisi - oflayn xizmatlar o'rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma'lum bir hujjat uchun yana boshqa o'nlab idoradan hujjat to'plashga chek qo'yilishidir. Qanday qilib? Davlat idoralarining ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integratsiya qilish, ularni o'zaro bog'lash orqali. Ayniqsa, biznes jarayonlarini qayta injenering qilish orqali qisqartirish kerak. Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma'lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori bilan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risida nizom» va «Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri» tasdiqlangan. Ushbu Nizom davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlarni ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi. Bugungi kunda Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri 197 turdagi xizmatlardan tashkil topgan. Davlat organlari tomonidan veb-saytlar orqali 617 ta interaktiv xizmat turlari ko'rsatilmoqda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron hukumat». Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo'g'inlarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo'lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo'llash ayni muddao hisoblanadi. Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilot va muassasalari o'rtasidagi o'zaro uzviylik) va davlat tashkilot va muassasalarining fuqarolar hamda biznesga ko'rsatadigan xizmatlarining samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklari va imkoniyatlaridan foydalanish - zamonaviy ilg'or yo'nalishlardan biri bo'lib, xalqaro leksikonda u «Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi. «Elektron hukumat» tushunchasiga nisbatan nufuzli xalqaro tashkilotlarning yondashuvida, ham umumiylik jihatlari, ham farqlar mavjud. Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining ko'pchiligida «Elektron hukumat» tushunchasi jamoatchilik orasida munozaralarga sabab bo'layotganini ta'kidlash joiz. Xususan, «Elektron hukumat» so'zining ingliz tilidagi muqobili - «Electronic government» so'zi, ko'pchilik o'ylagani singari, hukumat, ya'ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina taalluqli emas, balki kengroq ma'noda bo'lib, ya'ni, u - davlat boshqaruvi organlarining o'z funksiyalarini amalga oshirishda elektron axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Shu tufayli, mutaxassislar orasida «elektron hukumat» dan ko'ra, «elektron boshqaruv» tushunchasini kiritish haqida g'oyalar ham mavjud. Interaktiv xizmatlar sifatini oshirish bugungi kun talabidir Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy AKT davlat va jamiyatning barcha sohalariga tadbiq etilmoqda. Davlat organlari faoliyatini axboratlashtirish, shu orqali ular faoliyati samaradorligi hamda shaffofligini ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:30 ]
Arxiv ichida: ppt