Elektron jadval tushunchasi

Elektron jadval tushunchasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron jadval tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Elektron jadval tushunchasi Reja: Elektron jadval tushunchasi MICROSOFT EXCEL elektron jadvali Elektron jadval tushunchasi Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisob-kiobga oid va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o'zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda (masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko'lamli masalalarni yechishda) qo'llaniladigan o'ta quvvatli vosita hisoblanadi. hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko'rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur ARRLE II kompgyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko'p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yili IBM RC kompgyuteri paydo bo'lishi bilan bu tipdagi kompgyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Surercals dasturlarining yangi ko'rinishlari paydo bo'ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multirlan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo'ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. hisoblashlar natijalarini ko'rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo'lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo'ldi. 1983 yili LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o'z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. MICROSOFT EXCEL elektron jadvali MICROSOFT EXCEL (qisqacha EXCEL) dasturi ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hoka'zolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko'rgazmaliroq ko'rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda WinWORD dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish ham mumkin. EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o'zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko'rish mumkin. Ish joyining asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir: Sarlavha paneli - hujjat nomidan iborat bo'lib, tepadan birinchi panel. Sarlavha panelida hujjatning tizimli menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud; menyular satri - ikkinchi yo'lak menyular ro'yxatidan iborat bo'lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega. Menyuni tanlash uchun - Sichqoncha kursorini menyular satridagi menyu nomiga joylab, chap tugmasi bosiladi. Xar bir menyu buyruqlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: Fayl menyusi - hujjatlarni hosil qilish, ochish, saqlash va chop etish, EXCEL dan chiqish; Pravka menyusi - diapazondan voz kechish, o'chirish, nusxa olish, joylash, izlash, almashtirish buyruqlari; Vid menyusi - hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash; Vstavka menyusi - hujjatga katakchalar, varaqlar, grafik tasvirlar va diagrammalar joylash; Format menyusi - ajratilgan oboektning tashqi ko'rinishini o'zgartirish; Okno menyusi - ochiq hujjatlar oynalarini tartiblash va oynaga hujjatni ko'chirish; Spravka menyusi - EXCEL dasturi bilan ishlash haqidagi maolumotlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 116.02 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 116.02 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga