Elektron jadvallarda axborotlarni himoyalash va chop etish parametrlarini sozlash Elektron jadvallar Zamonaviy komp'yuterlar dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. MS Excel - elektron jadvallarni tayyorlash, formulalar va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish, ma'lumotlarni grafik tasvirlash kabi masalalarni hal etishga mo'ljallangan dastur. Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo'lgan hisoblash ishlarini bajarishga majbur bo'ladi. MS Excel dasturi mana shunday ishlarni osonlashtirish va qiziqarliroq qilish maqsadida ishlab chiqilgan. MS Excel dagi barcha ma'lumotlar jadval ko'rinishida namoyon bo'lib, bunda jadval kataklarining ma'lum qismiga boshlang'ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang'ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo'lgan ma'lumotlardir. Elektron jadval kataklariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: - matnni; sonlarni; sanani; formulalarni. Matn - harflar, raqamlar, belgilar ketma-ketligidan iborat. Son - raqamlar ketma-ketligi (zarur hollarda ishora va o'nli vergul ham ishlatilishi mumkin). Sana - joriy sana. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan matematik ifodalardir. Formulalar har doim «=» (teng) belgisini qo'yish bilan boshlanadi. Formula katakka kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu katakda hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, MS Excel avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo'yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. MS Excelning asosiy ishlov berish obyekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo'lgan fayllardir. MS Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o'z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o'z nomiga ega bo'ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MS Excel dasturini ishga tushurish zarur. Ishchi kitobning tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi. Har bir electron jadval 28 = 256 ta ustun va 216 = 65536 ta satrdan iborat. Ustunlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, satrlar esa raqamlar bilan nomlanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katak va diapazonlardir. Katak - bu jadvaldagi manzili ko'rsatiladigan hamda bir satr va bir ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Katak kesishmalarida hosil bo'lgan ustun va satr nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A ustun, 4-satr kesishmasida joylashgan katak - A4 deb nom oladi. Bir nechta ketma-ket joylashgan kataklardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko'rsatish uchun uni tashkil etgan kataklarning chap yuqori va o'ng quyi kataklar manzillari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
177.61 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
177.61 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:31 ]
Arxiv ichida: docx