Elektron jadvalning elementlari

Elektron jadvalning elementlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron jadvalning elementlari - rasmi

Material tavsifi

Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 20-mavzu Elektron jadvalning elementlari Elektron jadvallar - ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo'lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi. Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bo'limi yordamida belgilanadi. Bu bo'lim, o'z navbatida, Son (Число), Tekislash (Выравнивание), Shrift (Шрифт), Chegara (Граница), Ko'rinish (Вид), Himoya (Защита) bo'limlariga bo'linadi. Siz MS Word dasturining formatlash imkoniyatlari bilan tanishsiz. Shuning uchun Katakcha formatining har bir bo'limi imkoniyatlarini mustaqil ko'rib chiqishni tavsiya etamiz. Matn - katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo'lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi. Joriy yilni yozing Alisher Navoiy tavalludiga yil to'ldi Matnli ma'lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko'rinib turadi. Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o'zining adresi (nomi)ga ega bo'ladi. Masalan, A1, X2, A3, T4, AZ1963, Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat - formula yozishda ishlatilayotgan katakcha, satr, ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o'zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi =A1 + B4 yig'indining A3 katakchaga nusxasi =A2 + B5, A7 katakchaga nusxasi =A6 + B9, F17 katakchaga nusxasi =D16 + E19 kabi o'zgarib joylashadi. Absolyut murojaatda katakcha adresi o'zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Excel elektron jadvalida formulalar satri ma'lumot va formulalarni yozish hamda tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu satrning chap tomonida katakcha nomini ko'rsatuvchi joy bo'lib, unda jadvaldagi joriy katakchaning adresi (nomi) ko'rinib turadi. Formulalar satri yonidagi belgisi funksiyani tanlash va katakchaga joylashtirish imkonini beradi. Funksiya belgisi tanlanganda E4-rasmdagi kabi muloqot oynasi namoyon bo'ladi. Bu oynadan kerakli turdagi funksiyani izlab topish va katakchaga joylashtirish mumkin. Format menyusining Katakcha bo'limidagi Shrift (Шрифт), Chegara va Ko'rinish bo'limlari yordamida jadvalni rang va chiziqlar bilan boyitamiz. Savol va topshiriqlar 1. Katakchaga kiritish mumkin bo'lgan ma'lumotlar turini so'zlab bering. 2. Katakchaning xususiyatlarini misollar orqali yoritib bering. 3. Katakcha adresi deganda nima tushuniladi? 4. Katakchalar blokini misollar orqali amaliy ko'rsatib bering. 5. Absolyut va nisbiy murojaat nima? Amalda ko'rsatib bering. 6. Katakchaga nom berishni amalda ko'rsatib bering. 7. Nom berilgan katakchaga murojaat qanday murojaat bo'ladi? Amalda izohlang. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.29 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.29 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga