Elektron jujjat almashinuvida xesh funksiyalardan foydalanish usullari

Elektron jujjat almashinuvida xesh funksiyalardan foydalanish usullari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron jujjat almashinuvida xesh funksiyalardan foydalanish usullari - rasmi

Material tavsifi

Elektron jujjat almashinuvida xesh funksiyalardan foydalanish usullari 2.1. Xesh funksiyalar va ma'lumotlar to'liqligini ta'minlash usullari Xesh funksiyalar ikkilik kodi yozilgan ixtiyoriy xabar yoki ma'lumotlar to'plamini siqish uchun mo'ljallangan funksiyalardir. Xesh-funksiyalar har xil masalalar yechimi siftida qo'llanilishi mumkin, masalan, mantiqiy qurilmani tekshirish, tez qidiruv algoritmini yaratish va ma'lumotlar bazasida ma'lumotning butunligini, o'zgartirilmaganligini tekshirishda qo'llanilishi mumkin. Xesh funksiyalardan kriptografiyada quyidagi masalalarni yechishda foydalaniladi: * ma'lumotlarni uzatishda yoki saqlashda uning butunligini nazorat qilish tizimini yaratishda; * ma'lumot manbasi identifikatsiyasida Birinchi masalaning yechimida har bir ma'lumotlar to'plamining xesh funksiyasi qiymati hisoblanadi (xabar autentifikatsiyasi yoki imitovstavkasi deb nomlanadi). Bu qiymat esa ma'lumotning o'zi bilan uzatiladi yoki saqlanadi. ma'lumotlarni qabul qilishda foydalanuvchi xesh qiymatni hisoblaydi va uning mavjud bo'lgan xesh-funksiya qiymati bilan solishtiradi. Agar ularda farq bo'lsa, ma'lumot o'zgartirilgan bo'ladi. Xesh qiymat beradigan funksiya ma'lumotlar to'plamidagi tasodifiy xatoligini emas, ma'lumotlarni uzatishdagi va saqlashda kelib chiqadigan xatoliklarni ham aniqlashi va jinoyatchining xujumi haqida ham xabar berishi mumkin. Jinoyatchining mustaqil ravishda ma'lumot to'plamining nazorat qiymatini hisoblay olmasligi va ma'lumotlarni o'zgartira olmasligi uchun xesh-funksiyalar jinoyatchi nomalum bo'lgan maxfiy parametr - foydalanishdagi kalitiga bog'langan bo'lishi kerak. Bu kalit faqat yuboruvchi va tekshiruvchi tomonlarga malum bo'lishi kerak. Kalitli xesh-funksiya yordamida hosil qilinadigan xesh qiymatlar jinoyatchiga imitatsiya (impersonation) toifasidagi hujum turida yolg'on xabar (fabrication) yaratishi va almashtirish (subsitution) toifasidagi xabarni o'zgartirish (modification) imkoniyatini bermasligi kerak. 2-masala yechimida ma'lumotlar manbaasini autentifikatsiyasida bir- biriga isxonadigan tomonlar bilan ish olib boriladi. Bu yondashuvning kamchiligi shundaki, tomonlarda faqat bir xil kalit bo'ladi. Bunday hollar ma'lumotlar manbaasi autentifikatsiyasini amalga oshishiga imkon beruvchi raqamni imzo sxemalari qo'llaniladi. Qoida bo'yicha bu holda foydalanishning maxfiy kalitga asoslangan shaxsiy imzo qo'yishdan oldin, xatolarni aniqlash funksiyasini boshqaruvchi xesh-funksiya yordamida sikiladi. Bu holatda xesh-funksiya maxfiy kalitga bog'liq emas va hammaga aniq bo'lgan uzunlik bilan fiksirlab qo'yilgan bo'lishi kerak. Unga asosiy talab imzolangan hujjatni o'zgartirish mumkin emasligiga kafolat hisoblanadi. yuqoridagilarni formallashtirib, quyidagi ta'rifni keltirish mumkin. Elementlari xabarlardan iborat bo'lgan X to'plam kiritamiz. Odatda xabar biror alfavit simvollaridan tashkil topgan bo'ladi. U - fiksirlangan uzunlikka ega bo'lgan ikkilik vektorlar to'plami bo'lsin. xesh-funksiya deb, oson hisoblanadigan va ixtiyoriy qiymat uchun M h(M)=H bitli fiksirlangan uzunlikka ega bo'lgan vektor qiymatni beradigan h:X-U funksiyaga aytiladi. Odatda mumkin bo'lgan xabarlar soni mumkin bo'lgan xesh qiymatlardan oshib ketadi. Aytib o'tish kerakki, xabarlar tanlovida tasodifiy va teng ehtimolli hollarda xesh-funksiya qiymatlarini tekis taqsimlash shartlari har bir xesh-funksiya qiymatlari uchun bir xil sonli akslantirishlarning mavjudligiga ekvivalent. Qoida bo'yicha, xesh-funksiyalar bir kadamli siquvchi funksiyalar kabi nomlanadigan y=f(x,x2) ikki parametrlardan iborat funksiyalarga asoslanib quriladi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.92 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.92 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga