Elektron pochta xizmati tuzilmasi

Elektron pochta xizmati tuzilmasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron pochta xizmati tuzilmasi - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 32-mavzu Elektron pochta xizmati tuzilmasi Elektron pochta (EP) o'z faoliyatini o'tgan asrning 70-yilidan boshlagan. Internetning eng birinchi xizmat turlaridan bo'lib, butun olam to'rida eng asosiy muloqot vositasiga aylandi. Uning ishlash prinsipi juda sodda bo'lib, kompyuterda kerakli shaxsga elektron xat jo'natiladi. Ushbu xat murakkab bog'langan to'rlardan o'tib kerakli manzilga borib yetadi. Intemetda elektron pochta orqali xat jo'natish tuzilmasi quyidagicha: Tuzilmadagi qisqartmalarning yoyilmasi quyidagicha: Mail User Agent (MUA) - foydalanuvchining agenti sifatida elektron xatlarni tayyorlash, uzatish, qabul qilish va ko'rib chiqish vazifasini bajaradi va foydalanuvchining kompyuterida o'rnatiladi. Xuddu shuningdek, foydalanuvchining agenti sifatida: Microsoft Outlook, Netscape Communicator, The Bat, Eudora, Elm, Pine va boshqalar bo'lishi mumkin. Hozirgi paytda CGI interfeysini qo'llab, xavfsiz HTTPS protokollari asosida web-brauzer yordamida faoliyat olib boruvchi agentlar qo'llanilmoqda; Elektron pochta orqali faqat matn emas, balki jadval, chizmalar, tovush va video fayllarni ham jo'natish mumkin. Bunda pochta bo'limi xizmatini pochta serveri, pochta uzatish vazifasini internet kanallari bajaradi. Bu yerda shaxsiy pochta qutisi - foydalanuvchining kiruvchi va chiquvchi xatlarini o'zida saqlashga mo'ljallangan pochta serveri diskidagi maydon hisoblanib kompyuterning xotirasini egallamaydi. E-mail address turlari: gmail.com, yandex.ru, mail.ru, inbox.o'z, umaihuz. Ushbu web-saytlarning qaysi biri bilan ishlashning farqi yo'q, foydalanuvchining o'ziga havola etiladi. Elektron pochta. foydalanuvchining elektron manzilining umumiy tuzilmasi quyidagicha: pochta nomi@sayt nomi. domen (info@umail.o'z) O'zbekistonda .o'z domenida xat olish va xat yuborishga ommalashgan web-sayt umaihuz va inbox.o'z bo'lib, dastlab umaihuz web-saytida elektron pochta ochish usulini ko'rib o'tamiz. Buning uchun ID.o'z web-saytiga kiramiz va Ro'yxatdan o'tish parolni qayta tiklash yozuvi tanlanadi. Natijada ekranda foydalanuvchining login, familiyasi, ismi, otasining ismi, umaihuz da pochta qutisi ochish, asosiy pochta qutisi, maqbul parol, parolni qayta kiriting qatorlar va ro'yxatdan o'tkazish uchun tavsiya etiladigan qator va kod haqidagi ro'yxatga olish muloqot oynasi paydo bo'ladi. Yuqoridagi ketma-ketlikdan so'ng, umaikuz sayti yuklanib, Pochtaga ID.o'z orqali kirish qatoriga ro'yxatdan o'tkazilgan nazarov2018 elektron manzil kiritiladi. Kirish tugmasini bosish orqali navbatdagi oynaga o'tiladi va parol kiritish qatoriga ro'yxatdan o'tkaziladigan parol kiritilib Kirish tugmasi bosilib, navbatdagi oynaga o'tiladi. Savol va topshiriqlar 1. Elektron pochta serveri qanday vazifani bajaradi? 2. Internetda o'zingiz uchun elektron manzilingizni yarating. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga