ELEKTRON POCHTA HAQIDA Roppa-rosa 40 yil avval, 1971 yilning oktabrida birinchi email jo'natilgandi. Aynan o'sha vaqtdan boshlab elektron xabarlar almashishning yangi davri boshlandi. EMAIL QANDAY PAYDO BO'LGAN? Ko'plab texnologik yangiliklar singari elektron pochta ham harbiy tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. 60-yillar yakunida Rey Tomlinson yangi tadqiqot ustida ish olib bordi. Olib borilayotgan ishning mazmun-mohiyati harbiy aloqa tarmog'i, internetning ilk shakli - ARPANET bilan bog'liq yangi texnologiyani yaratish edi. Rey EHM uchun fayllar uzatish dasturini yozdi. Keyinroq fayllarni uzatish sohasida tajribaga ega Tomlinsonga SNDMSG nomli dasturni modifikatsiya qilish topshirildi. Amaldagi dasturda oddiy xabarlarni o'zaro almashish bitta komputerda amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. Tomlinsonga yuklatilgan vazifa - xabarlarni bir komputerdan ikkinchisiga jo'natishni ta'minlash edi. Vazifa 1971 yilning oktabrida muvaffaqiyatli bajarildi. Yoddan chiqarmaslik kerak, bu davrda komputerlar juda qimmat bo'lib, oddiy aholi undan foydalanish imkoniga ega emasdi. Bir necha yillar o'tib, Tomlinson The Times jurnaliga bergan intervusida ilk xabar qanday ko'rinishda bo'lganini eslolmasligini aytadi, balki u shunchaki harflar yig'indisi, masalan, QWERTY shaklida bo'lgan bo'lishi mumkin. Birinchi xatlar almashinuvi amalga oshirilgan ikki komputerning oralig'i bir metr edi. Xabar jo'natish uchun juda qisqa masofa, ammo aynan oddiygina shu tajriba insoniyat hayotini o'zgartira oldi. Elektron pochta ixtirosidan tashqari, Tomlinson @ belgisini ham mashhur qilib yubordi. U tarmoqdagi komputer va elektron pochtani qabul qiluvchi uchun manzil o'ylab topdi. Bu ikki turdagi axborotni ajratish uchun u aynan @ belgisini tanladi. 2001 YIL KALIFONIYA UNIVERSUTETI QOSHIDAGI AXBOROT TIZIMARI MENEJMANTI MAKTAB BIR KUNDA O'RTACHA 31 MILLIARD ELEKTRON XAT JO'NATISHLARNI MA'LUM QILADI. 2008-YILGA KELIB BU RAQAM KUNIGA 170 MILLIARDGA YETDI BU 1 SONIYADA 2 MILLION @MAIL JO'NATILADI DEGANI. SPAM Qulayligiga qaramay, oramizda elektron pochtadan jabr ko'rganlar ham topiladi. Asosiy muammo, so'zsiz, spam bilan bog'liq. Nucleus Researchning 2007 yilgi hisobotiga ko'ra, bitta xodim uchun korporativ elektron pochta tashkilotga yiliga 712 dollarga tushgan. Bu xarajat ichida xodimning keraksiz xabarlarni o'chirishga ketgan vaqti va antispam texnologiyalarining narxi bor. Bugunga kelib, spamlarga to'siq qo'yuvchi tizimlar ishlab chiqilgan bo'lsa-da, muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda. Pingdom ma'lumoticha, 2010 yili kuniga 262 mlrd. spam-xabarlar jo'natilgan. Bu bir kunda yuborilgan barcha elektron xatlarning 89,1 foizini tashkil etadi. The Timesning 2008 yili tarqatgan xabarida xodimlar kuniga o'z pochtalarini tekshirish, undagi xabarlarni olish, o'qish uchun kuniga o'rtacha 49 daqiqa sarflashi ma'lum qilingan. O'tgan vaqt mobaynida elektron xabarlar soni ortganini hisobga olsak, bugunda bu vaqt sarfi yanada oshgani tayin. ELEKTRON POCHTANING DAVRI O'TDIMI? Messenjerlarning paydo bo'lishi bilan shu savol ham yuzaga keldi. Xabarlar almashish dasturlari va ijtimoiy tarmoqlar elektron pochtani yo'qqa chiqarishi mumkinmi? Jamiyatda so'nggi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
731.77 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
731.77 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: ppt