Elektron pochtadan foydalanish tartibi Reja: Elektron manzil tavsifi va uning imkoniyatlari Elektron manzil tarkibi Elektron manzilni yaratish Elektron pochta bilan ishlash dasturlari Elektron xatni yozish tartibi Xatni jo'natish Xatlarni qabul qilish, o'qish, javob yozish, o'chirish tartibi Hujjatlarni elektron xat yordamida jo'natish Ilovali xatni o'qish tartibi Elektron pochtani boshqarish tartibi Manzillar kitobini yaratish va undan foydalanish Viruslardan va spamdan himoyalanish Foydalanishga oid maslahatlar Elektron manzil tavsifi va uning imkoniyatlari Internet elektron pochta xizmatini ham bajaradi. Elektron pochtaning tadbirkorlar uchun imkoniyatlari quyidagicha: Xat jo'natish va qabul qilish Hujjatlarni jo'natish va qabul qilish Marketing va reklama Yangiliklarni olish va yuborish Savol va so'rovlar bilan murojaat qilish Homiylarga va hamkorlarga murojaat qilish Loyihalar va tanlovlar haqida ma'lumot olish va berish Tadbirlar tashkil etish Elonlar va axborotlar berish Monitoring o'tkazish Axborotlar topish Elektron pochta o'zi nima? Odatdagi pochta yordamida xatni pochta xizmati yordamida biror manzilga yuborishingiz mumkin. Elektron pochta yordamida esa elektron xatni zarur elektron manzilga yuborishingiz mumkin. Buning uchun maxsus dasturdan foydalanishingiz zarur. Odatda xat manzilga etib borishi uchun vaqt talab etiladi. Elektron xat esa bir zumda manzilga etib boradi. Elektron xatlarning boshqa imkoniyatlari ham mavjud. ushbu imkoniyatlar yuqorida sanab o'tildi. Quyida elektron pochta va uning imkoniyatlaridan foydalanish tartiblari bilan tanishamiz. Elektron pochta - bu dastur bo'lib, u elektron xatlar bilan ishlashga mo'ljallangan. Uning yordamida xatni, hujjat va umuman ixtiyoriy faylni dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga jo'natish hamda kelgan xatlarni qabul qilish mumkin. Elektron pochta maxsus pochta dasturi yoki Internet tarmog'ida ishlaydi. Elektron xat yuborganda xuddi xatni yuborayotganday, uning kimga, qaerga va kimdanligini yozishingiz shart. Xatni bir necha manzillarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so'ng u elektron pochta dasturi qutisiga tushadi va undan ko'rsatilgan manzil pochta qutisiga etkaziladi. umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga darrov jo'natiladi. Foydalanuvchi shaxsiy pochtasini ochganda unda olingan yangi xatlar ro'yxatini ko'radi. Odatda ular qalin shrift bilan ajratiladi. Har bir foydalanuvchi o'zining pochta qutisiga ega bo'lishi zarur. Bazi foydalanuvchilar hamkasblari, do'stlari yoki o'quvchilar shaxsiy elektron manzilidan foydalanadilar. Bu maqsadga muvofiq emas. Elektron manzilni ochish murakkab emas, shuning uchun uni shaxsiy muloqot va ish faoliyati uchun alohida yaratishingiz mumkin. Quyida elektron manzilni yaratish tartiblarini keltiramiz. Elektron manzil tarkibi Elektron manzil e-mail deb ko'rsatiladi. Bu quyidagi manoni anglatadi: e harfi electron elektron so'zidan olingan va mail pochta manosini anglatadi. E-mail quyidagi qismlardan tashkil topadi: Misol tariqasida quyidagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:17:56
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
849.45 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:17 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
849.45 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: doc