Elektron ta'lim Reja: Elektron ta'lim imkoniyatlari bilan tanishuv Masofadan o'qish texnologiyasi afzalliklari Elektron kutubxonalardan foydalanish tartibi Masofadan o'qish kurslari ro'yxati Masofadan ta'limni tashkil qilish bo'yicha tavsiyalar Elektron ta'lim imkoniyatlari bilan tanishuv Elektron ta'lim - bu ta'limda AKT taraqqiyoti natijasidir. Darhaqiqat, inson doimo o'zining turmush sharoitini yaxshilashga va yaxshi hayot kechirishga intilib kelgan. u olamni bilishga harakat qilgan, doimo yangilikka intilgan. Bilim olish insondan kuch va sabr-toqat talab qiladi. Ehtimol, shuning uchun ham savodli insonlar har doim hurmatda bo'lgandirlar. Bilim - bu yangi imkoniyatlar manbaidir. Bugungi kunda bilim butun jahonda yanada ko'proq qadrlanmoqda. Bilim taraqqiyotga boshlaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti iqtisodiy islohotlarda tub o'zgarishlarga olib keldi. Axborot taraqqiyoti yuz berdi. u hayotning hamma jabhalarida o'z aksini topdi. Axborot inqilobining asosiy natijasi - axborotning qiymatidir. Endilikda axborot mamlakatning farovonlik darajasini belgilaydi. Axborotning qiymati uning qanchalik foydali ekanligidadir. Foydalilik aniqlik, ishonchlilik va o'z vaqtidaligi bilan belgilanadi. Bugungi olam shunchalik tez taraqqiy topmoqdaki, bugungi yangilik ertagayoq eskirib qolmoqda. Shuning uchun inson axborotni o'z vaqtida olish uchun ajoyib texnologiya - axborot texnologiyalarini yaratdi. Kompyuterlar - axborotdan foydalanishning qulay va sodda usulidir. Axborotdan foydalanmoqchi bo'lgan inson axborotning qaerda (o'sha shaharda yoki Yer yuzining boshqa bir nuqtasida) joylashganidan qatiy nazar, uni olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Internet yordamida bu muammo osongina hal etiladi, Internetdan bugungi kunda deyarli hamma joyda foydalanish mumkin. Kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti va rivojlanish surati bilan endilikda kompyuterlar hisoblash, yozish, gapirish, yozib olish, chizish, musiqa yozish, o'qitish, xabar, xatlarni qabul qilish va uzatish, hujjatlarni yaratish va ular ustida ishlash, axborotlarni saqlash, topish va tahrirlash, video-lavhalarni tayyorlash va namoyish etish, o'yin o'ynash, qo'shiq aytish va ogohlantirish kabi ishlarni qoyilmaqom qilib bajara oladi. Kompyuter insonlarning kundalik ish faoliyatlari: ishda, o'qishda, dam olishda tenggi yo'q vosita bo'lib qoldi. Tabiiyki, bu ta'limda ham o'z aksini topadi. Kompyuter va Internet ta'limda keng foydalanilmoqda. ushbu ta'lim elektron ta'lim deb nomlanadi. uning quyidagi nomlari ham mavjud: e-ta'lim, virtual ta'lim va masofaviy ta'lim. ta'lim har doim zamon talablariga mos kelishi kerak. Shu kundagi talablar ta'limda innovatsion texnologiyalar va innovatsion texnik vositalar qo'llanilishini taqozo etadi. umr bo'yi, butun hayot davomida ta'lim olishda elektron ta'lim juda asqotadi. Yosh va tajribali mutaxassis ham yangi bilimlar va malakalarni tezroq olishga zarurat sezadi. Bu ehtiyoj jamoa bo'lib ishlash va Internetga bog'lanish texnologiyalari bilan qo'llab-quvvatlanadi. Bu axborotni elektron ko'rinishda yaratish, o'qitish va ta'lim berish, shuningdek, hamkorlikda ishlash imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bu esa real vaqt rejimida ta'lim olish va malaka oshirish uchun sharoit yaratadi. Bugungi kunda virtual o'qi tish akademik va korporativ ta'limda ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
340.52 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
340.52 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: doc