Elektron ta'limni boshqaruv tizimi Moodleda kurs yaratish Reja: 1.Moodle dasturini sozlash va o'quv kurslarinin yaratish. 2. Moodle elementlari va resurslari. KURS ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISH Лекция(Ma'ruza)-o'quv elementi masofaviy ta'lim tizmining asosiy mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. «Ma'ruza» kursining elementi o'qituvchiga kontent yoki amaliy topshiriqlarni (testlarni) qiziqarli va moslashuvchan shaklda joylashtirish imkonini beradi. O'qituvchi bir qator o'rgatuvchi sahifalaridan tashkil topgan Ma'ruzaning chiziqli sxemasidan yoki talaba uchun turli yo'llar yoki variantlarni o'z ichiga olgan murakkab sxema yaratishi mumkin. Har qanday holatda, faol o'zaro ta'sirni oshirish va tushunishni nazorat qilish uchun o'qituvchilar «Bir nechta tanlov», «Muvofiqlik» va «Qisqa javob» kabi turli savollardan foydalanishlari mumkin. Talaba tomonidan tanlangan javob va o'qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan strategiyaga qarab, talabalar boshqa sahifaga o'tishlari, oldingi sahifaga qaytishlari yoki butunlay boshqa yo'lga yo'naltirilishlari mumkin. Kursni yaratuvchi (o'qituvchi) kursga kerakli elementlarni qo'shish uchun oynaning yuqori o'ng tomonidagi tugmasini bosishi lozim.Natijada oyna taxrirlash rejimiga o'tadi. Hosil bo'lgan oynadan tugmasini bosish orqali, kursga kerakli elementlarni qo'shish mumkin bo'ladi. Topshiriq(Задание) «Topshiriq» o'quv elementi o'qituvchilarga kommunikativ vazifalarni qo'shish, talabalar ishini to'plash, ularni baholash va taqriz taqdim etish imkonini beradi. Talabalar Word hujjatlari, elektron jadvallar, tasvirlar, audio yoki video fayllar kabi har qandayraqamli kontentni (fayllarni) yuborishlari mumkin. Muqobil yoki qo'shimcha ravishda o'qituvchi talabadan o'z javoblarini to'g'ridanto'g'ri matn muharriridan kiritishni talab qilishi mumkin. «Topshiriq» o'quv elementi saytdan tashqari avtonom tartibda bajariladigan javoblar uchun ham raqamli ko'rinishda taqdim etishni talab etmasdan ishlatilishi mumkin (masalan, san'at asarlarini yaratishda). Topshiriqni baholashda o'qituvchi sharhlar ko'rinishida taqrizlar qoldirishi, talabaning to'g'rilangan javobini saqlagan faylni yoki audio taqrizni yuklashi mumkin. Javoblar ballar,foydalanuvchi baholash shkalasi yoki rubrikalar kabi «ilg'or» usullar bilan baholanishi mumkin. Yakuniy baho baholash tizimiga kiritiladi. Задание elemntini qo'shishjarayoni Kerakli bandlar tegishli tartibda to'ldirilib, zarur sozlamalar (nastroyki) bajarilgach, yakunda tugmasini bosish lozim. Test «Test» kursining elementi o'qituvchiga turli xil tipdagi savollardan tashkil topgan testlarni yaratishga imkon beradi: bir nechta tanlov, to'g'ri'noto'g'ri, muvofiqlik, qisqa javob, raqam. Savollar bankidan tanlangan aralash savollar yoki tasodifiy savollardan bir nechta urinishlar yordamida test yaratish mumkin. Vaqt cheklanishi berilishi mumkin. Har bir urinish avtomatik ravishda baholanadi, Esse savollaridan tashqari va baho baholash jurnaliga yoziladi. To'g'ri javobga ishoralar, sharx, to'g'ri javoblarni talabalarga qachon ko'rsatilishini tanlash mumkin. Testlardan: Kurs imtihonlarida; Bajarilgan vazifalar uchun yoki mavzu oxiridagi mini-testlar sifatida; Yakuniy imtihonda, oraliq imtihonlar savollaridan foydalangan holda; Ish haqida tezkor taqrizni ta'minlash uchun; O'z-o'zini baholash uchun foydalanish mumkin. Glossariy «Glossariy» moduli ishtirokchilarga lug'atga o'xshash ta'riflar ro'yxatini yaratish va qo'llab-quvvatlash yoki resurslar, axborotlarni to'plash va tizimlashtirishga imkon beradi. O'qituvchi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
674.87 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
674.87 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: docx