Elektron tijorat tizimlari

Elektron tijorat tizimlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Elektron tijorat tizimlari - rasmi

Material tavsifi

Elektron tijorat tizimlari Mavzular: Elektron tijorat tushunchasi; Elektron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi; Elektron pul tushunchasi; Internet to'lov tizimlari, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish; Internet-banking; Elektron karmon va ulardan foydalapnish Elektron tijorat tushunchasi Elektron tijorat faoliyatini amalga oshirish va uni tartibga solish O'zbekiston Respublikasining Elektron tijorat to'g'risidagi 2004 yil 29 apreldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi Elektron tijorat kompyuter tarmog'idan foydalangan holda - xarid qilish, sotish, servis xizmati ko'rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o'tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. Interaktiv biznes Interaktiv biznes XXI asr iqtisodiyotining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, bozor subyektlari orasida iqtisodiy axborot almashinishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida amalga oshiradi. Interaktiv biznesning rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyotni virtual iqtisodiyotga aylantirmoqda, buning natijasida biznes- kommunikatsiyalarning samarasi oshmoqda. Interaktiv biznesning paydo bo'lishi natijasida savdo sohasida xarid qiluvchi bilan sotuvchining yuzma-yuz uchrashishi o'rniga bu ishni zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Elektron tijorat va an'anaviy savdoning bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlari Xaridorni jalb qilish usuli bo'yicha. Savdo maskaniga xaridorni jalb qilish katta ahamiyatga ega. an'anaviy savdoda bu jarayon quyidagilar yordamida amalga oshirilishi mumkin: xaridorni reklama orqali jalb qilish; savdo qilishga yaxshi joy tanlash; savdo zallariga tashrif, do'konga kirish va vitrinalarni qulay va chiroyli qilib joylashtirish. Elektron do'konda xaridorni jalb qilish butunlay boshqacha bo'lib, bunda elektron vitrina va do'konga kirish birga bo'lib, barcha reklamalar elektron do'konning elektron vitrinasida joylashgan bo'ladi. Psixologik ta'sir etish usuli bo'yicha. an'anaviy savdoda sotuvchi xushmuomalaliligi, yoqimtoyligi, tashqi ko'rinishi, samimiyligi kabi ijobiy tomonlari bilan xaridorni jalb qilish imkoniyatiga ega. Elektron savdoda sotuvchi xaridorga bunday psixologik ta'sir o'tkaza olmaydi Elektron tijorat va an'anaviy savdoning bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlari 3. Tovar to'g'risida axborot berish bo'yicha- an'anaviy savdo jarayonida tovar bilan tanishish shaxsan xaridor ishtirokida amalga oshiriladi. Elektron tijoratda tovar bilan xaridor uning tavsifnomasi va tavsiflovchi hujjatlari orqaligina tanishadi. 4. Savdoni amalga oshirish usuli bo'yicha- an'anaviy savdoda tovarni xarid qilib olishda xaridor bevosita ishtirok etadi. Elektron tijoratda xarid qilish jarayonida xaridor buyurtmani Internet tarmog'i orqali rasmiylashtiradi. Elektron tijorat va an'anaviy savdoning bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlari Savdoni tashkil etishdagi sarf-xarajatlar bo'yicha. Elektron tijoratda savdoni tashkil etish va xizmat ko'rsatish uchun savdo inshootlari, omborxonalar hamda maxsus savdo anjomlarining bo'lishi talab etilmaydi. Buning hisobiga sarf-xarajatlar kamayadi va mahsulot narxi arzonlashadi. Do'konlarga tashrif buyurishning qulayligi bo'yicha. an'anaviy usul bilan do'konlarga borib kelish yoki ularga telefon qilishga qaraganda qisqa vaqt ichida Internet orqali o'nlab elektron do'konlarga osonlikcha virtual tashrif buyurishi mumkin. Tashrif buyurish imkoniyati bo'yicha. Xaridor istalgan elektron do'konga jahonning istalgan nuqtasidan tashrif buyurishi mumkin. Bunday ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga