Elektron to'lovlar tizimida axborotlarni himoyalash Reja: 1. Elektron to'lovlar tizimi asoslari; 2. Identifikatsiyalovchn shaxsiy nomerni himoyalash; 3. POS tizimi xavfsizligini ta'minlash; 4. Bankomatlar xavfsizligini ta'minlash; 5. Internetda mavjud elektron to'lovlar xavfsizligini ta'minlash; 6. Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari. Elektron to'lovlar tizimi asoslari Elektron to'lovlar tizimi deb bank plastik kartalarini to'lov vositasi sifatada qo'llanilishidagi usullar va ularni amalga oshiruvchi subyektlar majmuasiga aytiladi. Plastik karta - shaxsiy to'lov vositasi bo'lib, u mazkur vositadan foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni nakdsiz pulini tulash, bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan nakd pulni olishga imkon beradi. Plastik kartani to'lov vositasi sifatida kabul qiluvchilar, savdo va xizmat kursatuvchi korxonalar, bank bo'limlari hamda boshqalar shu plastik kartalarga xizmat kursatuvchi kabul qiluvchilar tarmogini tashkil etadi. Elektron to'lovlar tizimini yaratishda plastik kartalarga xizmat ko'rsatish qonun-qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu qoidalar nafaqat texnikaviy (ma'lumotlarni standartlash, uskunalar va boshqalar), balki moliyaviy masalalar (korxonalar bilan hisoblarni bajarish tartibi)ni xam kamrab oladi. Elektron to'lovlar tizimining faoliyatini kuyidagidek tasavvur qilish mumkin: Bu yerda: Elektron to'lovlar tizimi bilan birgalikda faoliyat kursatadigan bank ikki, yani bank-emitent va bank-ekvayer toifasida xizmat kursatadi: Bank-emitent plastik kartalarni ishlab chikaradi va ularning to'lov vositasi sifatida qo'llanilishiga kafolat beradi. Bank-ekvayer savdo va xizmat kursatuvchi tashkilotlar tomonidan kabul qilingan to'lovlarni bank bo'limlari yoki bankomatlar orqali amalga oshiradi. hozirgi kunda avtomatlashtirilgan savdo POS (Point-Of-Sale - sotilgan joyda tulash)- terminali va bankomatlar keng tarkalgan. PQS-terminalda plastik kartadan ma'lumotlar ukiladi va mijoz o'z PIN-kodi (Personal Identification Number identifikatsiyalovchi shaxsiy nomer)ni kiritadi va klaviatura orqali to'lov uchun zaruriy qiymat teriladi. Agar mijozga nakd pul kerak bulsa, bu holda u bankomatdan foydalanishi mumkin. Ushbu jarayonlarni bajarishda jarayonlar markazi imkoniyatlaridan foydalaniladi. Jarayonlar markazi - maxsuslashtirilgan servis tashkilot bo'lib, bank-ekvayerlaridan yoki xizmat ko'rsatish manzillaridan keladigan muallif surovnomalarni va tranzaksiya protokollarini qayta ishlashni ta'minlaydi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jarayonlar markazi ma'lumotlar bazasini kiritadi. Bu ma'lumotlar bazasi to'lov tizimi, bank a'zolari va plastik karta soxiblari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z tarkibiga oladi. Plastik kartalar to'lov bo'yicha kreditli yoki debetli bo'lishi mumkin. Kreditli kartalar bo'yicha karta soxibiga kupincha muxlati 25 kungacha bo'lgan vakgancha karz beriladi. Bularga Visa, Master Card, American Express kartalari misol bula oladi. Debetli kartalarda karta soxibining bank-emitentidagi hisobiga oldindan malum miqdorda mablag joylashtiradi. Ushbu mablagdan xarid uchun ishlatilgan mablaglar summasi oshib ketmasligi lozim. Ushbu kartalar fakatgina shaxsiy emas, balki korporativ xam bo'lishi mumkin. hozirgi kunda mikroprotsessorli kartalar ishlab chikilmokda. Ushbu kartalarning oldingilaridan asosiy farqi bu mijozning barcha ma'lumotlari unda aks ettirilgan bo'lib, barcha ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
489.82 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
489.82 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:32 ]
Arxiv ichida: doc