Elektron xotira Xotira tushunchasi Mikroprocessorli xotira Registrli kesh-xotira Asosiy xotira Asosiy xotiranng mantiqiy strukturasi Tashqi xotira Tayanch iboralar: xotira, mikroprocessorli xotira, registrli kesh-xotira, asosiy xotira, tashqi xotira, maxsus registrlar, SD RAM xotirasi, doimiy eslab qolish qurilmasi, segment adresi, siljish adresi, tashqi xotira, taymer. 1. XOTIRA TUSHUNCHASI Xotira - har bir axborot so'zini saqlovchi joy xizmatini o'tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so'zni yozish uchun shu so'z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko'rsatilishi lozim. Barcha komp'yuterlar tuzilishi Fon Neyman prinsipiga asoslangan to'rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma'lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi. Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega: mikroprocessorli xotira (MPX); registrli kesh-xotira; asosiy xotira (AX); tashqi xotira (TX). Ko'rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig'imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o'lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o'qish tezligi (Vo'qish) bilan o'lchanadi. Tmur - ma'lumotlarni qidirish, o'qish va yozish vaqtlari yig'indisi; tkid - yig'uvchida (tashuvchi) ma'lumotni qidirish vaqti; Vo'qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o'qish tezligi. Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o'taniz: sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns. 2. MIKROPROCESSORLI XOTIRA Mikroprocessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo'lmagan, lekin o'ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya'ni bu xotiradan ma'lumotlarni o'qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o'lchanadi). U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma'lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo'ljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta'minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo'lgan ma'lumotlarni qidirish, o'qish va yozish tezligini har doim ham ta'minlay olmaydi. Mikroprocessorli xotira razryadliligi mashina so'zidan kam bo'lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o'nlab registrlargachadir. Mikroprocessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo'linadi. Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi. Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba'zilari bir ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.13 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.13 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:33 ]
Arxiv ichida: doc