Energetika masalalarini python dasturlash tili orqali modellashtirish Reja: 1. Funksiyalar 2. Tanlov funksiyalari. 3. Bir necha argumentlarni qo'llash. 4. Faktorial hisoblash funksiyasi 5. Kichik xatoliklar va ularni sozlash 6. Sikl operatorlari Funksiyalar. Ba'zi holatlarda biror amal yoki amallar jamlanmasini bir necha marta qayta-qayta ishlatish kerak bo'lib qolishi mumkin. Shunday hollarda nima qilamiz, 100 marta bo'lsa 100 marta yozib chiqamizmi? Yo'q! Bu holatda bizga funksiyalar yordamga keladi. Aytaylik, kiritilgan so'zni 2 marta qaytarib chiqaradigan dastur tuzish kerak bo'lsin. Buning uchun uning blok-sxemasini chizib olish kerak: Demak, ma'lum bo'ldiki, algoritm chiziqli ekan. Endi, funksiya ishlatmasdan uning dasturini yozsak: Bu yerda S1=S, S2=S deb alohida yozib o'tirmasdan, birdaniga vergul yordamida S1,S2=S,S deb qabul qildik. Python buni avtomatik tarzda tushunib ketadi. Endi bu dasturni funksiya ko'rinishida yozamiz. Dastlab funksiyalar bilan tanishib olsak: Funksiyalar - biror qiymatning boshqa bir qiymatga bog'liqligi ifodasi hisoblanadi. Funksiyalar o'z ichiga amallar, qiymatlar va hatto boshqa funksiyalarni ham olishi mumkin. Python'da funksiya e'lon qilish uchun def kalit so'zidan foydalaniladi: Endi funksiyani tadqiq qilib chiqamiz: function() - funksiya nomi a, b - funksiya argumenti E'tibor bersak, ikki nuqta (:) belgisi qo'yilgan. Uning vazifasi funksiya amallari boshlanganini anglatadi. Ikki nuqtadan keyin Enter tugmasini bosib, amal yozadigan bo'lsak, yuqoridagi rasmdagi kabi 1 ta Tab o'ngdan boshlab yozadi. Shu o'rinda ma'lumot: 1 ta Tab = 4 ta probel Endi exo dasturini funksiyasini ko'ramiz: Endi Energetika sohasiga oid funksiyalardan To'la quvvat funksiyasini ko'ramiz: E'tibor bersak, bu funksiya Aktiv quvvat va Reaktiv quvvat qiymatlariga bog'liq. Shu sababli funksiya S(P,Q) kabi e'lon qilinadi: Bu yerda kvadrat ildizni yozish uchun math kutubxonasini import qilgan holda foydalandik. Aslida, bu kutubxona ichidagi aynan bir funksiyani o'zini ham chaqirib olishimiz mumkin edi: Umuman olganda, kutubxona - bu funksiya va klasslar jamlanmasi hisoblanadi. Uni to'liq, ichidagi funksiyalar bilan chaqirib olish mumkin yoki ichidan aynan birini tortib olish ham mumkin. Kodga qaraydigan bo'lsak, kvadrat darajani ifodalash uchun alohida funksiya kv(x) ni tuzib oldik. Math kutubxonasining o'zida ham shu kabi funksiya mavjud, lekin biz o'zimizga yoqqan nom bilan boshidan tuzib olishimiz mumkin. Bu funksiyaga yaxshilab e'tibor bersak, unda yangi kalit so'z - return ishlatilmoqda. Quyida return bilan funksiya tuzib ko'ramiz: E'tibor bersak, natija chiqmaydi. Buning sababi - return faqatgina natijani qaytarib yuboradi, uni chiqarmaydi. Buni tushunish uchun yana bir funksiya ishlatib ko'ramiz: E'tibor bersak, yuqorida natijani chiqarmagan bo'lsada, bu yerda sonli ifodada, ya'ni kv(3) ni 3 ga qo'shganimizda natijani hosil qilmoqda va print() orqali natija chiqmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, return qiymatni funksiyaga qaytarib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
223.25 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
223.25 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:33 ]
Arxiv ichida: docx