Excelda diagramma va grafiklarni tahrirlash

Excelda diagramma va grafiklarni tahrirlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Excelda diagramma va grafiklarni tahrirlash - rasmi

Material tavsifi

Diagramma va grafiklarni tahrirlash 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 26-mavzu MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o'zgartirish kiritish, ya'ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, avvalgi darsdagi rasmlarda ko'rganingizdek, qiziqarli va ko'rkam holatga keltirildi. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib, Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo'ladi, masalan: Hosil qilingan diagramma yoki grafik ustida Format menyusi yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: tahrir qilish (diagramma turi, ma'lumot, ma'lumotlar shrifti, rangi va fonini o'zgartirish); diagramma o'lchamlarini, vertikal va gorizontal o'qlarning formatlarini o'zgartirish; diagramma chegarasi chiziqlarini tanlash; siljitish va chegaralarni surish va boshqalar. Masalan, belgilangan o'qqa mos formatlash oynasi yordamida ko'rinishni, shkala chegaralari va bo'laklash qiymatlari, oraliq chiziqlarni tanlash, shrift turi, foni va rangi, son formatlarini tanlash matn yo'nalishi va boshqa bir qancha o'zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Diagramma va grafiklar elementlarini formatlash va tahrirlash uchun mos kontekst-menyulardan foydalanish ham qulay. Quyidagi diagramma va grafiklar elementlarida ko'pgina kontekst-menyular ko'rinishi ifodalangan. Kontekst-menyular yordamida ochilgan tahrirlash oynalari mos elementlar formatini bekor qilish, o'zgartirish kiritish va boshqa amallar bajarish imkoniyatini beradi. Grafiklardan ko'rinadiki, kesishish nuqtasida x ning qiymati 0 dan katta va 5 dan kichik ekan. Bundan A ustundagi x ning qiymatini 0 dan 5 gacha 0,5 qadam bilan hosil qilib, yangi grafiklarga ega bo'lamiz. Grafiklardan ko'rinadiki, kesishish nuqtasida x ning qiymati 0 dan katta va 5 dan kichik ekan. Bundan A ustundagi x ning qiymatini 0 dan 5 gacha 0,5 qadam bilan hosil qilib, yangi grafiklarga ega bo'lamiz. Grafik hosil qilishda OX toifalar o'qida kerakli ko'lamdagi qiymatlar aks etishi uchun avval nuqtali grafik turi tanlanib, tayyor grafikni tahrirlaganda oddiy grafik turini tanlash muhim. Suvning 1 minutda, 1 kecha-kunduzda va bir oyda isrof bo'layotgan hajmini Excelda formulalar yordamida hisoblash juda oson (yuqoridagi rasmga qarang). Diagrammani formatlash va tahrirlashda diagramma sohasi, o'qlar, ma'lumot yozuvlari va boshqa elementlar formatlash muloqot oynalaridan foydalandik. Jadval va diagrammani hosil qilishni mustaqil bajarib ko'rishni tavsiya etamiz. Savol va topshiriqlar 1. Gistogramma orqali qanday ma'lumotlarni taqqoslash qulay? 2. Grafik orqali qanday ma'lumotlar aks ettiriladi? 3. Qanday masala yechimlari doiraviy diagramma yordamida ko'rsatiladi? 4. Tahrirlashda diagrammaning qanday xususiyatlari o'zgartiriladi? 5. Diagramma o'lchamlari qanday o'zgartiriladi? 6. Iqtisod fanidan olgan ma'lumotlaringiz asosida mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi diagramma hosil qiling. 7. Diagramma foni, harflar formatini o'zgartirishni amalda ko'rsating. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.23 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.23 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga