Excelda matnli funksiyalar bilan ishlash

Excelda matnli funksiyalar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Excelda matnli funksiyalar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Excelda matnli funksiyalar bilan ishlash Excel kataklariga uch xil ma'lumotlar kiritish mumkin: 1. Matnli ma'lumotlar - sarlavha, belgi, izohlarni o'z ichiga oladi; 2. Sonli ifodalar - bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir; 3. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Matnli funksiyalar ДЛСТР() - matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi. ЗАМЕНИТЬ()- matnning belgilangan qismini yangi matnga almashtiradi СЦЕПИТЬ() - Bir nechta matnni bitta matnga birlashtiradi. ПОВТОР() - matnni n marta takrorlaydi. Excelda formulalar Formula - bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tеnglamadir. Formulalar yordamida elеktron jadvalda ko'pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elеktron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muxarririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elеktron jadvallarni tasavvur qilish qiyin. Excelda formulalar Jadvalga formulani qo'yish uchun uni kеrakli yachеykaga kiritish kеrak. Formulalarni ham boshqa ma'lumotlar singari o'zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko'chirish va o'chirish mumkin. Formuladagi arifmеtik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matn­larni qayta ishlashda hamda yachеykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi. Excelda formulalar Jadval muharririda hujjat yaratishdan asosiy maqsad formulalar bo'yicha Hisoblashlar olib borishdir. Formula ma'lumotlarni qayta ishlashning asosiy vositasidir. Formula turli yacheykalarda joylashgan ma'lumotlarni bog'laydi va ular asosida yangi qiymatlar hosil qiladi. Ms Excel dasturida matematik amallar va funksiyalarni qo'llash Natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi: Excel dasturida mavjud standart arifmetik, statistik va boshqa turdagi funksiyalardan foydalanish mumkin. Birorta funksiya yoki (arifmetik, matematik va hokazo) amalni hisoblashdan oldin asos bo'ladigan qiymatlarni kiritish lozim. Bundan keyin esa ular ustida funksiya va amallarni bajarish mumkin bo'ladi. Kerakli sonlar (qiymatlar) jadvalga kiritilganidan keyin, Standartnaya (standart) uskunalar panelidan Vstavka funksii (Funksiyani joylash) uskunasini tanlaymiz. U ikkita qismdan iborat: Kategoriya -funksiya turlari guruhi. U quyidagilarni o'z ichiga olgan: - 10 nedavno ispolzovavshixsya (Oxirgi qo'llanilgan o'nta) - oxirgi 10 ta qo'llanilgan funksiya ro'yxati; - Polniy alfavitniy perechen - to'liq funksiyalar ro'yxati; - Finansovie (Moliyaviy) - moliyaviy funksiyalar ro'yxati; - Matematicheskie (Matematik) - matematik funksiyalar ro'yxati; - Statisticheskie (Statistik) - statistik funksiyalar ro'yxati Funksiya - funksiyani tanlash qismi. Masalan, Matematicheskie (matematik) guruhi quyidagi funksiyalarni o'ziga olgan: - ABS - sonning absolyut qiymatini hisoblash; - ACOS - sonning arkkosinusini hisoblash; - ACOSH - sonning giperbolik arkkosinusini hisoblash; - ASIN - sonning arksinusini hisoblash; - SIN - sonning sinusini hisoblash; - COS - sonning kosinusini hisoblash; - ATAN - sonning arktangensini hisoblash; - EXP - sonning eksponentasini hisoblash; - LN - sonning natural logarifmini hisoblash; - TAN - sonning tangensini hisoblash; - Koren (Ildiz) - sonning ildizini hisoblash; - Seloe (Butun) - sonni butun songa aylantirish; - Summa (Yig'indi) - bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 304.12 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 304.12 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga