Fan texnika taraqqiyoti

Fan texnika taraqqiyoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fan texnika taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Fan taraqqiyoti mavzusida prezentatsiya Fan-texnika taraqqiyoti Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning o'zaro bog'liq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o'rtasidagi yaqinlashuv 16-18-a.larda manufaktura i.ch.i bilan bog'liq holda sodir bo'ldi. Bungacha moddiy i.ch. empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta'siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham i.ch.ga xech qanday salbiy ta'sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo'nalishi sifatida yuksala borgan FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI Uyg'onish davri g'oyalari ta'sirida sxolastika an'analarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo'ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura i.ch.ida qo'llanilishi ba'zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak g'ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, qarshilik va ishqalanish ta'limotlari yaratildi Fan-texnika taraqqiyoti Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina i.ch.ning 18-a. oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog'liq bo'lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda i.t. faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da'vat etuvchi fanning maxsus bo'g'inlari paydo bo'ldi: amaliy tadqiqotlar, i.ch. tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. F.t.t. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bog'liq. Uning ta'sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. F.t.t., shuningdek, ijtimoiy fanlar yo'nalishlari, iqtisod va i.ch.ni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta'sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo'ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Elektr sanoati Elektr sanoati - texnikaning yangi muvaffaqiyatlari uchun eng xos narsadir. Bu sanoat yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar nihoyatda tez rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi fabrika, zavod, savdo joylari va idoralarning sun'iy yoritkichlarga bo'lgan talabini yil sayin oshirib bordi. 1876- yilda rus ixtirochisi P.N.Yablochkovning (1847-1894) «elektr shami» deb atalgan lampasi - yorug'likning yangi manbayi sifatida vujudga keltirildi. Yablochkov «shami» ikki soatcha yonib turardi. XIX asrning oxirlarida yoy lampalar o'rniga tejamli va foydalanish birmuncha qulay lampalar - cho'g'lanish lampalari ishlatila boshlandi. Amerikalik mashhur texnik ixtirochi T.Edison (1847-1931) bir necha yilgi izlanishlardan keyin, 1879- yilda havosi so'rib olingan, ko'mir tolali cho'g'lanish lampasining yangi turini yaratishga muvaffaq bo'ldi. U 1882- yilda Nyu-Yorkda birinchi issiqlik elektr stansiyasini qurdi. To'rt taktli dvigatel prinsipini 1862- yildayoq fransuz muhandisi A.Bode Rosh «maydonga tashlagan» bo'lib, undan 1876- yilda nemis ixtirochisi N. Otto (1832-1891) amalda foydalanib ko'rdi. Ottoning gaz bilan ishlaydigan to'rt taktli dvigateliga 1878- yili tashkil qilingan Parij jahon ko'rgazmasida yuksak baho berildi. 1891- yilda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 950.05 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 950.05 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga