Far qobiq dasturi haqida tushuncha va uning imkoniyatlari Reja: 1. Operatsion sistemaning qobiq dasturlari. 2. FAR MANAGER qobiq dasturuda ishlash. 3. FAR MANAGER qobiq dasturida funksional tugmachalarning vazifalari. 1. Operatsion sistemaning qobiq dasturlari Ma'lumki, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni operatsion sistema ta'minlaydi. Shu bois operatsion sistemaning interfeysi qanchalik qulay bo'lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shunchalik oson va samarali bo'ladi. Hozirda eng ommaviy sanalgan MS-DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o'rtasida vositachi rolini o'tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o'zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko'p buyruqlar bilan to'lib toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasida yangi vositachi yaratish ehtiyoji tug'ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi. Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion sistema bilan ishlashga ko'maklashadigan dasturdir. Eng omaviy qobiq dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dasturi mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklarni keltirib chiqardi. WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratgani sababli uni grafik qobiq emas, grafik muhit deyish qabul qilingan. Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko'rgazmali tarzda ko'rsatib turadi. Ma'lumki, operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko'p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o'nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri bo'lib, operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi. Norton Commander dan foydalanuvchi qobiq dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to'g'ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug'i yoki amaliy dastur bajarib bo'lingandan so'ng yana Norton Commander ga qaytiladi. Kompyuterlar texnik tomondan mukammallashib, ularning grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq dasturlar yaratish fikrini uyg'otdi. Bu ishga birinchi bo'lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985 yilda yaratilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi aytarlik afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda chiroyliroq tasvirlangan. Shunday bo'lsada, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi naqllarini yaratilishiga turtki bo'ldi. 1987 yilda yaratilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiqda WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsada, foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. 1990 yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. Keyinchalik, 1992 yilda WINDOWS 3.1 yaratilib, unda WINDOWS 3.0 da yo'l qo'yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993 yilda bir nechta kompyuterlarni bir biri ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
408.1 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
408.1 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: doc