Fast Report va Rave Report komponentalar palitrasi Reja: 1. Hisobot yaratuvchi komponentalar haqida ma'lumot. 2. FastReport komponentalaridan foydalanib hisobotlar yaratish. 3. RaveReport komponentalaridan foydalanib hisobotlar yaratish. 4. ma'lumotlar bazasi jadvalidagi ma'lumotlarni Microsoft Excel dasturiga o'tkazish. Hisobot yaratuvchi komponentalar haqida ma'lumot ma'lumotlar ombori yordamida ishlaydigan dasturlarning barchasida hisobot berish imkoniyati mavjud bo'ladi. Hisobot olishning turlari ko'p bo'lib, ularga quyidagalarni keltirish mumkin: - QReport komponentalar palitrasi (C++ Builder 6 uchun); - FastReport komponentalari (barcha C++ Builder versiyalari uchun); - RaveReport komponentalari (barcha C++ Builder versiyalari uchun); - Microsoft Excel dasturiga yuklash. Yuqorida keltirilgan hisobot shakllari komponentalar, maxsus dasturlar yoki buyruqlar yordamida olinadi. QReport komponentalar palitrasi yordamida olinadigan hisobotlar asosan o'rnatilgan komponentalar yordamida yaratiladi. Bu komponenta C++ Builder 6 dasturida tayyor o'rnatilgan bo'lib, bu komponentalar to'plamidan ixtiyoriy marta foydalanish mumkin. FastReport komponentalaridan foydalanib hisobotlar yaratish FastReport komponentalari C++Builder barcha versiyalari uchun ishlab chiqilgan. C++ Builder 6 uchun bu komponentalar to'plamini qo'shimcha o'rnatish kerak bo'ldi. RAD Studio XE2 to'plamida bu komopentalar to'plami tayyor o'rnatilgan. ma'lumotlar bazasidagi yozuvlarning hisobotini olish uchun bu komponentalar to'plamida foydalanishni ko'rib chiqaylik: TfrxReport - bu komponenta yordamida hisobotlar olish fayllari yaratiladi; TfrxDBDataset - bu komponenta yordamida hisobot fayliga ma'lumotlar omborini ulash; TfrxPDFExport - bu komponenta yordamida olingan hisobot faylini PDF ko'rinishga o'tkazish; TfrxRTFExport - bu komponenta yordamida olingan hisobot faylini RTF ko'rinishga o'tkazish; TfrxCSVExport - bu komponenta yordamida olingan hisobot faylini CSV ko'rinishga o'tkazish. Yuqorida keltirilgan komponentalarni 7.3.1 - rasmda keltirilgan formaga joylashtiriladi. Shunda 8.2.1-rasmda keltirilgan forma ko'rinishiga keladi. 8.2.1-rasmda keltirilgan oynadagi frxReport1 va frxDBDataset1 komponentalarni bir - biriga uladi, yani frxReport1 komponentasining DataSet xususiyatiga frxDBDataset1ni yoziladi. frxDBDataset1 komponenta ma'lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini beradigan ADOTable1 yoki DataSource1 komponentalaridan biriga ulanadi. Agar frxDBDataset1 komponentasiga ADOTable1 komponentasini ulash kerak bo'lsa, u holda frxDBDataset1 komponentasining DataSet xususiyati yordamida ulanadi. Agar frxDBDataset1 komponentasiga DataSource1 komponentasini ulash kerak bo'lsa, u holda frxDBDataset1 komponentasining DataSource xususiyati yordamida ulanadi. Ulanish amalga oshirilganidan so'ng frxDBDataset1 komponentasining ustida sichqonchaning o'ng tugmasi chertiladi, hosil bo'lgan konteks menyudan Edit Fields Aliases… bandi tanlanadi shunda 8.2.2-rasmdagi oyna hosil bo'ladi. Bu oynada hisobot yaratish uchun kerak bo'lgan maydonlar nomlari va hisobotga ma'lumotlar bazasini jo'natishdagi nomi ko'rsatiladi. ma'lumotlar bazasini hisobotga jo'natishda kiritiladigan nom Dataset alias maydoniga kiritiladi. Hisobotga jo'natilayotgan maydonlarning nomlariga foydalanuvchi tomonidan o'chirib qo'yish yoki hisobotga jo'natilmasligini ta'minlash mumkin. Bu o'zgartirishlar oynadagi jadval ko'rinishda keltirilgan qismida amalga oshiriladi. 8.2.1-rasmda keltirilgan oynadagi tugmalardan Hisobot tugmasi yordamida hisobot olinadi. Buning uchun bu tugmaga quyidagi listingda keltirilgan kodni yozamiz. Listing 8.2.1: Hisobot tugmasiga yoziladigan kod. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:22:11
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
366.46 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:22 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
366.46 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:34 ]
Arxiv ichida: doc