Fayllar va hujjatlar bilan ishlash

Fayllar va hujjatlar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fayllar va hujjatlar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Fayllar va hujjatlar bilan ishlash Reja: 1. Fayllar bilan amallar 2 .File menyusi 3. Edit menyusi 4. . Insert menyusi 5. Elektron jadvallar Maple tizimida hujjatlar bilan notebooks («bloknotlar» yoki «yon daftarchalar») uslubida ishlanadi. Hujjatlar matnli va formulali bloklar, hisoblash natijalari, har xil turdagi grafiklar va boshqa kompanentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Hujjatlar fayllar ko'rinishida tashqi xotira qurilmalarida (qattiq, yumshoq yoki kompakt-disklarda saqlanadi). Maple 7 tizimida turli formatdagi fayllardan foydalaniladi (faylning nomi shartli ravishda * belgi bilan ko'rsatilgan): *.ms - grafik interfeysli tizimlar (Windows Macintosh) uchun hujjatlarning fayllari; *.msw - hujjatlarning fayllari (Worksheets); *.txt - matnli fayllar (shu jumladan Maple-matn formati); *.tex - LaTeX formatidagi fayllar; *.ind va *.lib - bibliotekalar fayllari; *.t - ichki Maple-tilining fayllari. File menyusi File menyusi fayllar bilan ishlash uchun asosiy amallarni o'z ichiga oladi (1-rasm): 1-rasm. File menyusi New (Ctrl+N) - yangi hujjat yaratish; Open (Ctrl+0) - mavjud hujjatni ochish; Open URL - URL-adresni ochish; Save (Ctrl+S) - aktiv hujjatni saqlash; Save As - aktiv hujjatni yangi nom bilan saqlash ; Export As - faylni eksport qilish; Close (Ctrl+F4) - aktiv hujjat oynasini yopish; Save Settings - Maple konfiguratsisini (o'rnatmalarini) yozib olish; AutoSave Settings - Maple konfiguratsisini avtomatik tarzda yozib olish. Print Preview - chop etishdan oldin hujjatning qanday chop etilishini ko'rish; Print (Ctrl+P) - hujjatni chop etish; Printer Setup - printerning parametrlarini o'rnatish; Exit (Alt+F4) - Maple 7 tizimidan chiqish. Print (Ctrl+P) komandasi hujjatni to'liicha chop etish imkoniyatini beradi. Chop etish grafik rejimda amalga oshirilishi sababli tezligi katta bo'lmaydi. New komandasidan yangi hujjat ochish uchun foydalaniladi. Ochilgan hujjatga avtomatik tarzda Untitled (N) nomi beriladi (bu yerda N-butun son). Bu nomni Save As komandasi yordamida kerakli nomga almashtirish mumkin. Maple tizimi fayllarni quyidagi formatlarda saqlash imkoniyatini beradi: Maple Worksheet (*.rnws*.ms) - Maple 7 formatida; Maple Text (*.txt) - Maple matn formatida; HTML Source (*.html) - HTML formatida; Text (*.txt) - matnli formatda; LaTeX Source (*.tex) - LaTeX formatida. Export As komandasi yordamida fayllarni quyidagi formatlarga eksport qilish mumkin: Maple Text (*.txt); HTML (*.html); HTML with MathML (*.html); Plain Text (*.txt); Rich Text Format (*.rtf); LaTeX (*.tex). Grafiklarni Maple DFX, EPS, GIF, JPEG, POV, WMF yoki BMP formatlarda saqlash imkoniyatini beradi. Edit menyusi Edit menyusi (2.2-rasm) bir necha guruhga bo'linuvchi tahrirlash amallarini o'z ichiga oladi. Birinchi guruhga quyidagi amallar kiradi: Undo (Ctrl+Z) - so'nggi tahrirlash amalini bekor qiladi; Redo (Ctrl+Y) - so'nggi bekor qilingan amalni tiklaydi; Cut (Ctrl+X) - ajratilgan fragmentni qirqib olib almashinish beferiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.39 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.39 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga