Fayllar va kataloglar bilan ishlash

Fayllar va kataloglar bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Fayllar va kataloglar bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Fayllar va kataloglar bilan ishlash Reja: Fayl tushunchasi. Buyruq fayllari. Katalog. Joriy disk va katalog. Faylga yo'l. Disklar, ularning nomlanishi. Faylning to'liq nomi. Shablonlar. MS DOS ning asosiy komandalari. Matnli faylni tashkil etish. Fayl matnini ekranga chiqarish. Faylning nusxasini ko'chirib o'tish. Faylni qayta nomlash. Faylni o'chirish. Fayl tushunchasi. Buyruq fayllari. Magnit disklarda ma'lumotlar fayllarda saqlanadi. FAYL - diskning malum nom bilan ataluvchi sohasi bo'lib, unda malum ma'lumot saqlanadi. Masalan, programma va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo'lgan programmalar va hoka'zolar. Fayllar 2 xil bo'ladi: matnli, ikkilik sistemasidagi. Matnli fayllar foydalanuvchi o'qishi uchun mo'ljallangan. Har bir fayl nom va kengaytgichga ega. Nom 1 dan 8 tagacha, kengaytgich 1 dan 3 tagacha belgiga ega bo'lishi mumkin. Nom va kengaytgich nuqta bilan ajratiladi va FAT jadvalida saqlanadi. Windows 9.x. da fayllar nomi joylashgan VFAT (Virual) da yuqorida ko'rsatilgan 11 simvolli nom bilan birgalikda yana 255 simvoldan iborat faylni nomini saqlash imkoni berilgan. Masalan: command.com autoexec.bat letter.txt -- nom kengaytgich Nom va kengaytgich bosh va kichik lotin harflari, raqamlardan va - $ # @ ! % () ' ~ ' belgilaridan iborat bo'lishi mumkin. Kengaytgich bo'lishi shart emas. Ammo kengaytgich qoidaga ko'ra, faylning mazmunini tasvirlaydi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Ko'pchilik programmalar kengaytgichni o'rnatadilar va unga qarab faylni qaysi programma hosil qilganini aniqlash mumkin. Masalan: .com, exe - bajarishga tayyor programmalar .bat - buyruq fayllar .pas - Paskaldagi programma .for - Fortrandagi programma .c - SIdagi programma .asm - Assemblerdagi programma .bak - faylni o'zgartirishdan avvalgi nusxasi .bas - Beysikdagi programma .cob - Koboldagi programma .lib - programmalar kutubxonasiga tegishli fayllar .txt, .doc - matnli fayllar Agar faylni o'zgartirish jarayonida xatoga yo'l qo'yilgan yoki fayl o'chirilgan bo'lsa, .bak kengaytgichli fayl yordamida uni tiklash mumkin. Buyruq fayllari. Ko'pincha komandalarning bir xil ketma-ketligini bajarishga to'g'ri keladi. Bunda buyruq fayldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buyruq fayl (Batch file), bu OS komandalari ketma-ketligidan iborat fayldir. Bu ketma-ketlik komandalarini klaviatura orqali alohida kiritish zarur emas. Buning uchun buyruq fayli nomini ko'rsatish kifoya. Buyruq fayl .bat kengaytgichiga ega bo'ladi. Buyruq fayli bajarilishi uchun uning nomini kiritib,Enter bosiladi. Buyruq fayli matnli fayl bo'lib, uning har bir satrida MS DOS ning komandasi joylashadi. Buyruq faylida ishlashi mumkin bo'lgan komandalar ruyxati MS DOSda keltirilgan. Masalan: autoexec.bat maxsus buyruq fayli MS DOS yuklanishida ishlatiladi. Katalog. Joriy disk va katalog, faylga yo'l. Katalog Fayl nomlari magnit disklarda katalogda qayd qilinadi. Katalog - fayl nomlari, ularning hajmi, yozilish vaqti haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga